ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Uylanish orqali ayol erkakka halol bo’ladi. Uylanish ikki (2) turga bo’linadi: 1. vaqtli uylanish. 2. vaqtsiz uylanish. Vaqtli uylanish: uylanish muddati muayyan qilingan, aniqlangan uylanishga vaqtli uylanish deyiladi. Masalan: bir (1) soat yo bir kun yoki bir yil dan ortiqroq vaqtga ayol bilan uylansa, bunday uylanishga vaqtli uylanish deyiladi. Vaqtsiz uylanish: uylanish muddati muayyan qilinmagan, aniqlanmagan uylanishga vaqtsiz uylanish deyiladi. Doimiy turmush o’rtoq: vaqtsiz uylanish orqali olingan ayol. Vaqtinchalik turmush o’rtoq: vaqtli uylanish orqali olingan ayol. uylanish hukimlari 2483- modda: Uylanishda (xoh vaqtli uylanish bo’lsin, xoh vaqtsiz bo’lsin), uylanish duosi o’qilishi farz! Erkak bilan ayolning roziliklari kifoyat qilmaydi. Uylanish duosini, erkak va ayolning o’zlari oqishlari mumkin. Ammo (turli sabablar tufayli o’zlari o’qimasalar,) boshqa kishini uylanish duosini o’qishi uchun vakil qila oladilar. 2484- modda: Bu duoni oqiydigan kishi erkak bo’lishi lozim emas! Ayol kishi ham vakil bo’lib o’qiy oladi. 2485- modda: Er- xotin, vakillari uylanish duosini oqiganiga ishonch hosil qilmagan bo’lsalar, mahramchilik (er- xotinlik) robitalarini barqaror qila olmaydilar. Hatto, uning bu duoni o’qiganini gumonsirasalar-da, bunday aloqani amalga oshira olmaydilar. Ammo, vakqilning o’zi " uylanish duosini o’qidim” deb iqror qilsa, kifoyat qiladi. 2486- modda: ... 2487- modda: bir kishi, uylanish (xoh vaqtli, xoh vaqtsiz uylanish) duosini o’qish uchun, ham erkak va ham ayol tarafidan vakil bo’la oladi. Shuningdek, kishi, ayol tarafidan vakil bo’lib, u bilan o’zi vaqtli yo vaqtsiz uylana oladi. Ammo bunday o’rinda duoni har ikkalasi o’qishi mustahab. Vaqtsiz uylanish duosining o’qilish tarzi 2488- modda: vaqtsiz uylanish duosini erkak va ayolning o’zlari o’qisalar, birinchi bo’lib ayol bunday deydi: ”men, ma’lum mahriya bilan o’zimni senga uylantirdim” erkak ham tezda qo’yidagicha desin: ”bu uylanishni qabul qildim”. Bunday deyishlari bilan uylanish tugallanadi. Ammo, ular boshqa bir kishini vakil qilsalar, ayolning vakil bunday deydi: ”meni o’z vakili qilgan Mohigulni (Mohigul o’rniga ayolning ismi aytilsin), seni o’zining vakili qilgan Ahmadga (Ahmad o’rniga erkakning ismi aytilsin), ma’lum mahriya bilan uylantiridim.” erkakning vakili tezlik bilan qo’yidagicha deb aytadi: ”meni o’z vakili qilgan Ahmad uchun ma’lum mahriya bilan qabul qildim” Manba:www.horazm.net -Saytdan olindi.
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.