www.horazm.net
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [10949]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [118]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1881]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [497]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [229]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3486]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [6315]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [75]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [11057]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1526]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3438]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [277]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [317]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [692]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2672]
Заработок в интернете / Pul ishlash [20]
Pazandachilik / Кулинария [491]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [3685]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [5086]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [67]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [21]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [17]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [45]
Статистика




Онлайн всего: 30
Гостей: 29
Пользователей: 1
mariowc18

Kun faolllari:
mariowc18, eddievw69, adelineus2

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 38
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2014 » Февраль » 16 » SALOMATLIK QALQONI


23:46
SALOMATLIK QALQONI
Ha, qalqonsimon bezni «salomatlik qalqoni», desak bo‘ladi. Uning og‘irligi atigi 25-30 gramm, lekin tanamizda moddalar almashinuvi, nafas olish, infektsiyalarga qarshi kurashuvchanlik va zararlangan to‘qimalarning tiklanishi, xullas, salomatligimiz ko‘p jihatdan ana shu bezga bog‘liq. Shunday ekan, uni turli xavflardan asrab-avaylashimiz zarur.

YOD KERAK Qalqonsimon bez uchta gormon ishlab chiqaradi – tireokalьtsitonin, tiroksin va triyodtironin. Bulardan birinchisi organizmda kalьtsiy almashinuvini, qolgan ikkitasi esa tanamizdagi barcha hujayralarda moddalar almashinuvini tartibga soladi. Qalqonsimon bez faoliyati buzildimi, biror kasallikni kutib olishimizga to‘g‘ri keladi. Agar yuqorida tilga olingan gormonlar keragidan ortiq ishlab chiqarila boshlansa, qalqonsimon bez organizmni tezroq ishlashga majbur qiladi, bu holda odam ozib ketadi. Gormonlar etarlicha ishlab chiqarilmasa-chi? Bunda moddalar almashinuvi buzilib, iste’mol etilgan taomlar maqsadga muvofiq ishlatilmaydi va kishi semira boshlaydi. Qalqonsimon bezga gormonlar ishlab chiqarishi uchun kerakli mahsulot – bu yod. Shuning uchun qalqonsimon bez kasalliklariga ko‘pincha sabab qilib yod tanqisligi ko‘rsatiladi. Bu o‘rinda, albatta, irsiy omilni va qalqonsimon bez tug‘ma rivojlanmagan bo‘lishi ham mumkinligini unutmaslik lozim. Ayniqsa, shaharlarda radioaktivlikning yuqori bo‘lishi qalqonsimon bez faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Radiatsiya birinchi navbatda qalqonsimon bez hujayralariga zarar etkazadi. Bizni qurshab olgan kimyoviy moddalar ham xayrli emas. Aytaylik, qon bosimini tushiruvchi, siydik haydovchi dorilar qalqonsimon bez faoliyatiga putur etkazishi mumkin.

Parhezlarga haddan ortiq ixlos qo‘ymagan ma’qul, aks holda tanada gormonlar muvozanati buziladi. Shuningdek, doimiy stresslar va ortiqcha his-hayajonlar qalqonsimon bezning dushmani sanaladi.

GIPOTIREOZ VA GIPERTERIOZ Qalqonsimon bez faoliyatining susayib borishi tibbiyotda gipotireoz deb ataladi, ya’ni bez gormonlarni etarli miqdorda ishlab chiqarmay qo‘yadi. Gipotireoz bolalarning jismoniy, jinsiy va aqliy rivojlanishdan ortda qolishiga olib keladi. Bu kasallikka chalingan bemor holsizlik, toliqish, mehnat qobiliyatining pasayishi, uyquchanlikdan shikoyat qiladi, tez-tez qabziyat bezovta qiladi. Ayollarda tirsak va tizzada teri quruqshashi mumkin. Bemorning terisi sho‘ralashadi, soch to‘kiladi, tirnoqlar mo‘rt bo‘lib qoladi. Gipotireozga chalingan odamda tana harorati odatda 36 darajadan ko‘tarilmaydi va u sovuqqa chidamsiz bo‘ladi.

Gipotireozning sabablari turli-tuman bo‘lishi mumkin: tug‘ma, operatsiya asorati, radiatsiya yoki virusli infektsiyalar, kimyoviy mahsulotlar va hokazo. Biroq kasallik paydo bo‘lishiga asosiy sabab – yod tanqisligi. Dasturxonidan meva-chevalar va dengiz mahsulotlari arimaydigan odamning bunday muammoga duch kelish ehtimoli kam.

Gipotireozga chalinmaslik uchun yod zarur ekan, degan xayolda o‘zboshimchalik bilan yod profilaktikasiga kirishmang. Aks holda foyda emas, zarar ko‘rib qolishingiz mumkin. Bu ishni, yaxshisi, mutaxassisga qo‘yib bering. Ba’zida qalqonsimon bez juda faol ishlaydi, bu ham kasallik bo‘lib, gipertireoz deb ataladi. Bunda organizmdagi moddalar almashinuvi kuchayib ketadi. Gipertireoz natijasida bemor serzarda, salga yig‘laydigan, yuragi tez-tez uradigan bo‘lib qoladi, kuchsiz isitma chiqadi. Bemorning ishtahasi yaxshi bo‘lsa ham ozib ketadi, oyoq-qo‘li, ba’zan butun badani titraydi, ko‘p terlaydi va qalqonsimon bez kattalashadi.

Ko‘pincha stresslardan aziyat chekadiganlar gipertireozga chalinib qolishadi. Kasallikka o‘z vaqtida tashxis, qo‘yib, davolashni boshlash juda muhim. Odatda, 1,5-2 yil maxsus preparatlar bilan davolanadi.

ALAMLARNI UNUTING! Mutaxassislar qalqonsimon bez va ruhiy muammolar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini ta’kidlashadi. Gap shundaki, qalqonsimon bez bizning salomatligimizni asrash maqsadida har qanday ruhiy zarbani o‘ziga olar ekan. Odam hadeb o‘zini aybdor his qilaverishi, o‘z qobiliyatlarini namoyon eta bilmasligi qalqonsimon bez faoliyatigi salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Bunday vaziyatdan chiqish uchun dori-darmonlar kamlik qiladi, o‘zingizga o‘zingiz yordam bering. Qanday qilib deysizmi? Juda oson: o‘zingizga nisbatan achinish yoki nafrat hissini yo‘qoting, alamlarni unuting, odamlarga kulib qarang va sog‘lom turmush tarzi kechiring. Mana ko‘rasiz, g‘am-anduhlar arigani zamon kasallikdan ham forig‘ bo‘lasiz.

XALQ TABOBATIDAN

- Gipotireozga chalingan bemorlarga laminariya (dengiz karami) foydali hisoblanadi. Uning tarkibida ko‘plab vitaminlar va mikroelementlar, eng muhmi, yod bor. Laminariyani taomlarga qo‘shish yoki yarim choy qoshiq quritilganini ovqatlanishdan oldin qabul qilish mumkin.

- 1 osh qoshiq dengiz karami, 3 osh qoshiq tvorog, 10 ta yong‘oq mag‘zi, 1 osh qoshiq to‘g‘ralgan sarimsoq va 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘ini yaxshilab aralashtiring. Haftada 2-3 marta eb turasiz. Ortgani sovikichda saqlanadi. Bu aralashma yod tanqisligida yordam beradi.

- Bitta limon po‘stlog‘i, 1 osh qoshiqdan zig‘ir urug‘i va asalni aralashtirib, ustidan 1 litr qaynagan suv quyiladi. Past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Sovigach, suzib oling. Kuni bo‘yi suv yoki sharbat o‘rniga ichasiz.

Uy sharoitida biror muolajani qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni unutmang!

Manba: www.horazm.net -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!


Категория: Foydali maslahatlar / Полезны советы | Ko'rganlar:: 2540 | Добавил: www.horazm.net | Теги: maslahatlar, Maslahat bering, маслахат, tekin maslahat, foydali, маслахат беринг, текин маслахат, полезные советы, Maslahat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:

FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright horazm.net / БеПуЛ.НеТ © 2021 - 2013

Яндекс.Метрика