www.horazm.net
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [8360]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1119]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [460]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [229]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3041]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4939]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [57]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8951]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1204]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3437]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [232]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [296]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [685]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2106]
Заработок в интернете / Pul ishlash [19]
Pazandachilik / Кулинария [469]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2562]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4493]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [18]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [38]
Статистика




Онлайн всего: 63
Гостей: 63
Пользователей: 0


Kun faolllari:
Fernizfut, RicazdoSiree, REMONTDorn, Expesee

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 37
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2019 » Июль » 11 » QIBLA QANDAY ANIQLANADI?

08:34
QIBLA QANDAY ANIQLANADI?
189-CAVOL:
Hurmatli ustozlar, men men ko'p safarda bo'laman. Ba'zan namoz o'qishim uchun qiblani aniqlashda muammoga duch kelaman. Ayniqsa chet davlatlarida bo'lganimda qiblani so'rash uchun biror musulmon kishini uchratishim qiyin bo'ladi. Mana shunday vaziyatlarda qiblani qanday aniqlashim mumkin? Iltimos, shu haqida batafsil ma'lumot bersangiz.
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ma'lumki, qiblaga yuzlanish namozning shartlaridan biridir. "Qibla” so'zi namoz va duoda odamlar yuzlanadigan taraf ma'nosini anglatadi. Makkadagi Ka'baning osti ham, usti ham musulmonlar uchun qibladir. Shuning uchun tog' tepasida yoki chuqurlikda Ka'ba tarafga yuzlangan kishi qiblaga yuzlangan bo'ladi.
Ka'bani bevosita ko'rib turib, namoz o'qiyotgan kishi uning ayni o'ziga yuzlanishi lozim. Uni to'g'ridan-to'g'ri ko'rmayotgan, o'zi haramda turgan kishi masjidul-harom tarafga, haramdan tashqarida turgan kishi esa – haram hududi joylashgan tarafga yuzlanishi kerak bo'ladi. Bunga quyidagi hadisi sharif ham dalolat qiladi: Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ka'ba – masjid(ul harom) ahlining qiblasidir. Masjid(ul-haram) esa – haram ahlining qiblasidir. Haram – yer yuzining mashriqiyu mag'ribidagi ummatimning qiblasidir”, – deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan).

Barcha faqihlar namozda xotirjam holdagi kishi qiblaga yuzlanish shart ekaniga ittifoq qilishgan. Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday buyurgan: "… Yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba) tomonga buring! (Ey, mo'minlar, sizlar ham) qaerda bo'lsangiz, yuzlaringizni o'sha tarafga buringiz! …” (Baqara surasi, 144-oyat). Ammo dushman yoki yirtqich hayvon xavf solib turgan holatda namozda qiblaga yuzlanish sharti soqit bo'ladi.

Qiblani aniqlashni o'rganish har bir balog'atga yetgan musulmonga vojibdir. Chunki kishi hayoti davomida turli safarlarga chiqishi va turar joylarda bo'lishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda qibla tarafni aniqlashi va qaerda bo'lmasin, ibodatini mukammal ado etishi shariat talabidir.
Qiblani aniqlashning fiqhiy manbalarda ulamolar tomonidan zikr qilingan ko'plab qadimiy va ilmiy uslublari mavjud.

Fuqaholarimiz bunda o'ta nozik qoidalarni ishlab chiqishgan. O'z davrida bu borada alohida izlanishlar olib borgan Islom ulamolari geografiya, astronomiya, geometriya fanlaridan, hatto arifmetik qoidalar va trigonometrik funksiyalardan keng foydalanishgan.

Qiblani aniqlashda quyidagi uslublar bugungi kun sharoitida nisbatan qulay va ommabop hisoblanadi:

1. Qadimiy masjid mehroblari;
Sahobalar tomonidan turli yurtlar fath qilinganda birinchi navbatda qiblani aniqlab, masjidlar bino qilingan. Ushbu masjid mehroblari orqali boshqa masjidlarning ham qiblasini aniqlash keyinchalik odat tusiga kirgan va barcha fuqaholar tomonidan unga ergashish lozimligi ta'kidlab kelingan. Jumladan, hanafiy mazhabining taniqli ulamolaridan Sayyid Ahmad Tahtoviy shunday deydi: "Shahar va qishloqlarda qiblani aniqlash sahoba va tobeinlar tomonidan belgilab bergan mehroblar orqali bo'ladi. Ular o'rnatgan mehroblar orqali qiblaga yuzlanishda biz ham ularga ergashishimiz lozimdir” ("Hoshiyatu ala maroqil-faloh”).
O'rni kelganda shuni ham aytib o'tish lozimki, musulmonlar asrlar davomida ibodat qilib kelayotgan qadimiy masjidlarning qiblasi huddi adolatli musulmonning xabari kabi so'zsiz qabul qilinadi. Chunki, ular ham qiblani aniqlashda o'z tajribalariga suyanish bilan birga soha mutaxassislarining nozik ilmiy qoidalariga rioya qilishgan ("Kuvayt fiqh ensiklopediyasi”, 36-juz, 197-bet).

2. Yulduzlar;
Asosan qutb yulduziga qarab qiblani aniqlash mumkin. Chunki ushbu yulduz doim bir joyda ko'rinadi. Ammo har bir o'lkaning qiblasi bir-biridan farq qiladi. Masalan, bizning mintaqamizga nisbatan qibla janubi-g'arb tarafda joylashgan bo'lib, qutb yulduzini o'ng qulog'ining orqa tarafida qoldirib, yuzlangan kishi qiblaga yuzlangan hisoblanadi.

3. Quyosh.
Quyoshning chiqishi va botishi, tushdan keyingi yo'nalgan tomoniga qarab ham qiblani aniqlash mumkin. Azaldan bizning diyorimizda Imom Abu Mansur Moturidiy rahmatulloh alayhning fatvosi asosida quyoshning botish o'rniga qarab masjidlar qiblasi belgilangan. Imom Saraxsiy naql qilishicha Imom Moturidiy rahimahulloh shunday deganlar: "Yozning eng uzun kunida quyosh botgan joyni belgilab qo'y. So'ngra qishning eng qisqa kuni quyosh botgan joyni ham aniqlab, belgilab qo'y. Shu ikki alomat o'rtasidagi oraliqni uchga bo'lib, o'ng tomoningga ikki hissasini, chap tomoningga bir hissasini taqsimlab, yuzlansang, shu qibladir” ("al-Mabsut”).
Ammo bu kun ochiq va mo''tadil bo'lgan vaqtda to'g'ri chiqadi. Boshqa vaqtlarda taxminan ikkisining, ya'ni, quyoshning qish va yoz faslidagi botish manzilining o'rtasi olinadi.

4. Kompas.
Kompas qaerda bo'lsa ham faqat bir tarafni ko'rsatib turadi. Mana shu bilan to'rt taraf aniqlanib, qibla qaerdaligini bilib olish mumkin. Hozirda qibla tarafni ko'rsatuvchi maxsus kompaslar ham ishlab chiqarilgan. Ana shu kabi vositalar bilan ham qiblani aniqlash mumkinligiga fuqaholarimiz fatvo berganlar.

5. Mobil ilovalar.
Hozirgi kunda qiblani aniqlashning eng qulay va keng tarqalgan uslubi mobil aloqa vositalarining maxsus ilovalaridan foydalanish hisoblanadi. Ayni paytda bu kabi ilovalarning turi va sifati turlicha bo'lib, ularning barchasi asosan AQShning Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan (qiblafinder.withgoogle.com) tizimiga ulanish orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar qibla yo'nalishini to'g'ri aniqlashlari uchun mobil vosita joylashgan manzilni aniqlash xizmati(GPS)ni faollashtirishlari talab etiladi.

Agar kishi safarda bo'lsa yoki biror notanish joyda bo'lsa, avvalo o'sha yerdagi ishonchli kishilardan qibla qaysi tarafdaligini so'raydi. Agar ularning xabariga shubha qilsa yoxud so'rash uchun atrofida biror kishi topilmasa yuqorida zikr qilingan omillarni ishga solib, qiblani aniqlashi mumkin. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Manba: www.horazm.net -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi!


Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Ko'rganlar:: 10 | Добавил: www.horazm.net | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:

Корзина
Ваша корзина пуста
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright horazm.net / БеПуЛ.НеТ © 2019 - 2013

Яндекс.Метрика