www.horazm.net
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [8771]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1283]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [464]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [229]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3118]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [5067]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [57]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [9187]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1253]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3438]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [240]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [296]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [685]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2158]
Заработок в интернете / Pul ishlash [19]
Pazandachilik / Кулинария [470]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2731]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4590]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [18]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [38]
Статистика




Онлайн всего: 216
Гостей: 216
Пользователей: 0


Kun faolllari:
iphone, Frankhile, Semenvrq, DanfosqBex, Reshah, olyaniuktova, dorakutinina, lightroomnok, Williamjoulp, luggefs, smictug, denisSn, Caroltoide, Elender, Lituawl

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 37
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2019 » Сентябрь » 6 » “Ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman”. Ofitsiant yigit hikoyasi

17:47
“Ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman”. Ofitsiant yigit hikoyasi
13 yoshimdan beri ofitsiantlik qilaman
Ismim Bekzod. Yoshim 21 da. Asli surxondaryolikman. Ro‘zg‘or yuki gardanimga juda erta tushgan. Shuning uchun hali bola bo‘lsam-da, ko‘proq pul topib oilamni boqishimga to‘g‘ri kelgan.

Bolaligimda ko‘chamizning boshida burger shoxobchasi bo‘lardi. Buvijonim  meni har kuni o‘sha yerga olib borib, xotdog olib berardi. Bu yer bilan bog‘liq iliq xotiralarim juda ko‘p. Bolaligim deyarli shu yerda o‘tgan. Sababi 13 yoshimdan o‘sha yerga ofitsiant bo‘lib ishga kirganman. Bu qadamim keyingi 10 yillik hayotimni belgilab berdi, desam xato bo‘lmaydi. Keyin o‘qishni bitirib Toshkentga keldim. Tabiatan juda kirishuvchan yigitligimgami yoki chet tillarini yaxshi bilganimgami, poytaxtda ham ish topishim muammo bo‘lmadi. Mana sakkiz yildan beri ofitsiantlik qilib pul topaman.

Ofitsiantlarga qanday haq to‘lanadi?

Hamma joyda ofitsiantlarga har xil usulda pul to‘lanadi. Masalan, u savdo qilgan summasining ma’lum bir foizini olishi mumkin yoki bir kunlik puli aniq belgilanadi. Kunlik pul to‘lanishi bir tomondan yaxshi, sababi qahvaxonaga odam kelsa, kelmasa, o‘sha pulni olaverasiz. Lekin bitta yomon tarafi, agar restoranga odam ko‘p kelgudek bo‘lsa, foizingiz belgilangan puldan 2-3 barobar ortib ketishi mumkin.

Menimcha, eng muqobil variant - kunlik to‘lov. Shuning uchun "Milliy taomlar”dan tashqari aksariyat joylarda shunday usuldan foydalanishadi. Odatda ofitsiantlar 12 soatdan ko‘p ishlaydi. Kunlik to‘lovi ayni paytda Toshkentda 50 mingdan 70 minggacha. Undan tashqari, choy puli ham ofitsiantning yoniga qoladi.

"Yaxshi gapirib, ularning pulini olish kerak”

Restoranda 10 ming, hatto 50 dollarlab choy puli tashlab ketganlar ham bo‘ladi. Bir kunda eng ko‘pi bilan 100 dollargacha, yo‘q deganda 70 ming so‘m atrofida choy puli olaman. Bir tarafdan, bu ofitsiantning o‘zigayam bog‘liq deb o‘ylayman. Chunki u qanday xizmat qilsa, shunga yarasha choy puli oladi.

Misol uchun, shunday jahldor mehmonlar bo‘ladiki, ofitsiant qancha yaxshi qaragan bo‘lsa ham bir so‘m choy puli qoldirmaydi. Ba’zida hech qaysi ofitsiant chiqisholmay turgan mijozlarga men xizmat qilib, hatto choy puli ham olganman. Hamma sheriklarim hayron bo‘lib, nima qilding, bizgayam o‘rgat deb so‘rashadi. Hammasining yechimi bitta! Ofitsiant avvalo kimga qanday "podxod” qilishni bilishi kerak. Yaxshi gapirib, ularning pulini olish kerak, bo‘ldi, tamom vassalom!

Ofitsiant qizlarga qiyin...

Faoliyatimiz juda qiziq va shu bilan birga og‘ir ham. Shuncha yildan beri ishlab tushundimki, ofitsiantning psixologiyasi kuchli bo‘lishi kerak, asabi bo‘sh odam bu kasbda hech qachon ishlolmas ekan. Chunki restoranga har xil odam keladi. Qo‘pol gapirishi, so‘kinishi, hatto idishlarni otib yuborib, ofitsiantni urishi ham mumkin. Siz hech qanday qarshilik qilolmaysiz. Ish kerakmi, hamisha kulib, yaxshi muomala qilishga majbursiz. Yigitlar-ku, ancha og‘ir-bosiq bo‘ladi, har xil gaplarga e’tibor bermaydi. Lekin qizlar ko‘ngilchan bo‘lganigami, hamma gapni o‘ziga oladi. Sal gapga yig‘lab yuboradi.
Ofitsiant ayollar yengiltak bo‘ladimi?

Bir yosh oilani bilaman. Er-xotin, ikkisi ham ofitsiant. Bola 22 yoshda, ayoli esa 21 da. Ancha yillardan buyon birga ishlab kelishadi. Ayol yosh bo‘lgani uchun, tabiiyki, unga har xil gap so‘z bo‘ladi. Eri hammasini ko‘rib turadi, lekin indamaydi. Chunki bu ish. Xushomadlar bo‘lishi tabiiy hol. Agar eri rashk qilib, biror ortiqcha harakat qilsa, menejerdan gap eshitadi. Hatto ishdan haydalishi ham mumkin.

Yana bir yomon tomoni, boshqa joyga ishga borsangiz ham, eski ishxonangizning kontaktini so‘raydi. Ular bilan bog‘lanib, siz haqingizda bilib olishadi. Ular biron yomon gap aytsa tamom, sizni ishga olishlari qiyin bo'ladi. Shuning uchun iloji boricha mehmonlar bilan murosa qilganingiz ma’qul.

Ammo ofitsiant qizlarga tegajog‘liq qilingudek bo‘lsa, o‘sha mijozlarga xizmat qilmaslikka uning 100 foiz haqqi bor. Tungi klubda ishlab yurganimda bunday holatlar ko‘p kuzatilardi. Shunday paytlarda qizlar menejerga borib aytadi. Menejer mehmonga yaxshi tushuntirib ketishini so‘raydi. Agar mehmon ketmoqchi bo‘lmasa, hisobi to‘latilib, "oxrana” yordamida restorandan chiqarib yuboradi.

Har kimning o‘z mijozi bor

70 foiz mehmon ofitsiantning ketidan yuradi. Ya’ni u qayerda ishlasa, o‘sha yerga topib kelishadi. Chunki bu mijozlarning o‘ziga yaxshi. Sababini aytadigan bo‘lsam, masalan, siz tuz yemaysiz, sarimsoqqa allergiyangiz bor yoki ovqatni yog‘siz bo‘lishini xohlaysiz. "O‘zingizning” ofitsiantingiz buni biladi, lekin yangisiga boshqatdan tushuntirib berishingizga to‘g‘ri keladi. Sizning ofitsiantingiz esa nafaqat ta’bingizni biladi, balki bolalaringiz nima yeyishigacha eslab qoladi. Shuning uchun hamma "o‘zining” ofitsianti ortidan yuradi. Mening ham o‘z mehmonlarim bor. Biror yerda o‘tirmoqchi bo‘lishsa, menga qo‘ng‘iroq qilishadi. Qayerda ishlayotganimni bilib, topib kelishadi.

Ofitsiantlik rasmiy ishmi yo vaqtinchalik? 

Albatta, rasmiy ish. Ularga ham mehnat daftarchasi ochiladi. Staj yoziladi. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli insonlar dastlab faoliyatini ofitsiantlikdan boshlagan. Hozir ko‘pining o‘z restoranlari bor.

Toshkentda ko‘p talabalar pul topish uchun ofitsiantlik qilsa, ba’zi odamlar esa ishiga sadoqati tufayli yoshi o‘tsa-da, shu kasb bilan shug‘ullanaveradilar. Masalan, 60 yoshdan o‘tgan ikki ofitsiant tanishim bor. Lekin ular faqat o‘z mijozlariga xizmat qiladi. Bolalari chet elda yashaydi. Hech nimaga muhtojligi yo‘q. Aytmoqchi bo‘lganim, hamma ham muhtojlik tufayli ofitsiantlik qilmaydi.

Oshpazlar ham ofitsiantga qarab muomala qiladi 

Xizmat ko‘rsatishga kelsak, avvalo ofitsiant oshpaz bilan yaxshi aloqada bo‘lishi kerak. Chunki ovqat tayyorlashning eng kam vaqti 15 daqiqadan boshlanadi. Agar oshpazlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lsangiz, 5 daqiqaga ham qoldirmay tayyorlab beradi. Bu sizga har taraflama foyda. Sababi mijozlaringiz kutib qolmaydi. Vaqtingiz tejaladi va ofitsiant juda chaqqon ekan, deb sizga ko‘proq choy puli qoldirib ketishadi.

Ofitsiant qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib beradimi?

Odamlar orasida ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib beradi, degan gaplar yuradi. To‘g‘ri, buni inkor qilmayman. Ko‘p marta eshitganman. Bir hamkasbim shunday ish qilgan. Keyin bu gap boshliqqacha yetib borgan. Ofitsiantning bu qilig‘i restoran menejeri tomonidan yetarli darajada "mukofotlangan”. O‘sha mehmonlarning hisobi to‘latilib, ishdan haydalgan.

To‘g‘ri, ofitsiant ham o‘z-o‘zidan bunday ish qilmaydi. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, u alamini bu tarzda olmasligi kerak.

Shaxsan men sakkiz yilda biron marta ovqat bilan bog‘liq holatlarda bunday jirkanch ish qilmaganman. Chunki bu qaytar dunyo.

Hamma narsaning iloji bor

Hayotimdagi eng qiyin vaziyat ishim bilan bog‘liq bo‘lgan. Bir necha yil oldin 24 soat xizmat ko‘rsatadigan restoranda ishlaganman. Oshxonada soat 22:00 ga yaqin hech narsa qolmasdi. Mijozlar esa ovqat so‘rashardi. Eng qizig‘i, bir kuni homilador ayol uzum yegisi kelib, mevali assorti "zakaz” qildi. Bizda esa u yo‘q edi. Holatini tushunib, yaqin o‘rtadagi supermarketga borib, uzum olib kelib berganman. Xullas, ofitsiant "uzr, bizda yo‘q edi” deb turmasdan, hamma narsaning ilojini topishi kerak.

Kerakligingni his qilib yashash baxt!

Ilk marta Toshkentga kelganimda bir odam menga agar shu ishga kirsang, qaytib chiqolmaysan degandi. To‘g‘ri aytgan ekan. Bilasizmi, men shu paytgacha ko‘p joylarda faoliyat olib bordim. Barmen, menejer, hatto bankda ham ishladim. Lekin hech biri menga ofitsiantlikday rohat bermadi.

Ko‘pchilik pul uchun ofitsiant bo‘lib ishlaydi. Ammo men yaxshi ko‘rganim uchun shu sohadaman. Bu kasbda kerakligimni his qilaman. Gohida dam olish kunlarim menejer qo‘ng‘iroq qilib seni so‘rashyapti kel, deb chaqiradi.

Mijozlarim qadrlaydi. Hatto uylariga ham borib xizmat qilaman. Ba’zilari bu yil tug‘ilgan kunimda kelib, tabriklab, sovg‘alar ham berib ketishdi. Seni boshqalar qadrlasa, kimgadir kerakligingni his qilib yashasang, menimcha, insonga bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak.

Manba: www.horazm.net -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!


Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Ko'rganlar:: 12 | Добавил: www.horazm.net | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:
> Dineyra - Yonaman / Динейра - Ёнаман> Manzura - Sababi nedur / Манзура - Сабаби недур> Mavluda Asalxo'jayeva - Unutding / Мавлуда Асалхужаева - Unutding> Yorqinxo'ja Umarov - Jana-jana (DJ Taller Remix) / Еркинхужа Умаров - Жана Жана (Микс)> Mavluda Asalxo'jayeva - Unutding / Мавлуда Асалхужаева - Unutding> Sardor Rahimxon - Yo Rohman Rohiym / Сардор Рахимхон - Ё Рохман Рохийм> Benom va Barno - Izlayman / Беном ва Барно - Излайман> Shoxrux va YaYo - Jonginam / Шохрух ва ЙаЙо - Жонгинам> Ravshan Sobirov - Layli / Равшан Собиров - Лайли> Feruza Jumaniyozova - Voy-voy lazgi / Феруза Жуманиёзова - Вой-вой лазги

FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Сентябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright horazm.net / БеПуЛ.НеТ © 2019 - 2013

Яндекс.Метрика