www.horazm.net
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7539]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [904]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [456]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [228]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2847]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4531]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [51]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8559]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1057]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3420]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [199]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [287]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [585]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [1971]
Заработок в интернете / Pul ishlash [19]
Pazandachilik / Кулинария [454]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2234]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4200]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [19]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [18]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [38]
Статистика





Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0


Kun faolllari:
iphone, inkoiHuM, MerillSmutt, Regreri, epilmsHuM

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 37
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2019 » Февраль » 14 » Islomda ayolning o'rni

16:02
Islomda ayolning o'rni
Bashariyat hech qaysi zamonda ayolga islom ta'limotichalik katta e'tibor bergan birorta din yoki tamaddunni ko'rgan emas, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Ayol haqida so'z yuritar ekan islom dini uni yuksak maqom va yuqori hurmat –ehtirom egasi o'laroq tasvirlaydi. Islomda ayol kishi haq-huquqlari ta'minlangan va burch-vazifalari belgilab berilgan to'laqonli shaxs hisoblanadi.

Islom bashariyatga jismoniy tuzilish, tabiat, his-tuyg'u,orzu-umid, sihhat-salomatlik, ehtiyoj va zaruratlar borasida bir-butun mukammal inson sifatida qaraydi. Va aksincha irqiy omil, rangdagi tafovut, kelib chiqish va jinsiy farqlarga nazar solmagan. Bu holda mazkur birlik har bir narsada; erkinlikda, adolatda va birodarchilikda ham bo'lishlikni taqozo etadi. Tenglik tamoyili islom dining insonlarning fe'l va hatti-harakatlariga taalluqli turli-tuman shar'iy hukmlari tarkibida chaqirib kelgan tushunchadir. Bu borada Rosululloh (s.a.v.)dan mana bunday hadis rivoyat qilingan: "Insonlar bir-birlariga xuddi taroq tishlari kabi tengdirlar. Bir kishini boshqa kishidan taqvodan boshqa narsada afzalligi yo'qdir”. Islomda bashar farzandlari barobardirlar. Unda ayrim insonlar o'zlarini boshqalardan jins yo kelib chiqish, terisining rangi yoki yashash joyi kabi omillar orqali ustun sanashlarini oqlovchi narsa aslo topilmaydi. Afzallik borasida mezon bitta va u qaysi jinsda bo'lishidan qat'iy nazar taqvodir. Bundan ma'lum bo'ladiki, islom ayolga ikkita qoida asosida qarar ekan. Ularning birinchisi tuzilish va yaratilishdagi bir xillik bo'lib, bu haqida qur'oni karimda mana banday deyilgan: "Odamlar, sizlarni bir jon (Odam ato)dan yaratib, undan uning juftini yaratgan va ulardan ko'plab erkak va ayollarni taratgan robbingizdan qo'rqing” (Niso 1-oyat). Ikkinchisi, erkak va ayol o'rtasida qaror toptirilgan aka singillik rishtasi. Chunki har bir erkak va ayol bir otaga borib taqaladi. Bu haqida Alloh taolo marhamat qiladi: "Ey odamlar biz sizlarni bir erkak va ayoldan yaratib, o'zaro tanishishlaringiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo'ydik…” (Hujurot, 13). Bu aytib o'tilganlarning barchasi xususida Rosululloh (s.a.v.) insoniyat uchun abadiy dasturni mana bunday deb baralla e'lon qiladi: "Ey insonlar, sizlarning robbingiz bir, otangiz ham bir, ogoh bo'lingizkim, arabni arab bo'lmagandan va arab bo'lmaganni arabdan, qizil tanlini qora tanlidan va qora tanlini qizil tanlidan taqvodan boshqa narsada ustunligi yo'q. Albatta, sizlarning  eng hurmatlirog'ingiz taqvodorrog'ingizdir”.

Agar biz yuqoridagi ikkita asosiy qoidani to'g'riligini isbotlagan bo'lsak, endi ulardan kelib chiqadigan ba'zi-bir juz'iy qirralarni aytib o'tamiz.

Avvalo erkak va ayol shar'iy vazifalar va ularga bog'liq bo'lgan ajr va savoblar borasida barobardir. Bu narsa Qur'on va sunnatda ochiq ravshan ta'kidlab o'tilgan. Ularga ko'ra din va dunyoga bog'liq barcha ishlarda yuklangan vazifa bir xil. Alloh taolo aytadi: "erkakmidi ayolmidi mo'min bo'lgan har kimki solih amal qilsa, bas, ular jannatga kirurlar …” (Niso, 124). Jazo berilish masalasida ham ushbu tenglikni ko'rish mumkin. Alloh taolo aytadi: "O'g'ri erkak va o'g'ri ayolni qilgan ishlariga jazo bo'lsin uchun qo'lini kesinglar …” (Moida, 38).

Yuqorida aytib o'tilganlarning barchasidan kelib chiqib ulamo va mufassirlarning aksariyati Qur'on va sunnatda birlik yoki ko'plikdagi erkak jinsiga qaratilgan vazifalar, umumiy amallar hech qanday ajratishliksiz ayolga ham tegishli ekanligini  ta'kidlaganlar. Faqat har bir jinsning o'z jinsiga xos bo'lgan ishlar bundan mustasnodir. Bularga ibodatlar ham, moliyaviy ishlar ham, haq-huquqlar ham halol-haromlar ham odob-axloqlar ham barcha-barchasi kirib ketadi. Ammo ba'zi-bir ishlar, masalan, vatan himoyasi, juma va jamoat namozlari, moliyaviy ta'minot va boshqa masalalardagi tengsizligi uning aqli yoki insoniyligi, sha'ni yo layoqatini kamsitishdan emas, balki, uning tabiati, imkoniyati va undagi hissiyotning g'olibligi kabi jihatlarini hisobga olinganidandir.

Endi islomda erkak va ayolga nisbatan farqli bo'lgan ayrim shar'iy masalalarni ko'rib chiqaylik.

Moliyaviy haq-huquqlarda ikkita ayolning guvohligi bir erkakning guvohligiga barobar qilingan. Buning sababi oddiy. Odatda ayol kishi ko'proq uy ishlari bilan band bo'ladi. Shuning uchun ham uning moliyaviy oldi-berdilardagi ishtiroki deyarli bo'lmaydi. Hozirgi vaqtda kam sonli ayollarni katta tijoratlarda ishtirok etayotgani bu kamyob hodisa bo'lib, unga e'tibor berilmasa ham bo'ladi. Demak, bu masalalarda xato qilib qo'yish yoki unutib qo'yish ehtimoli kattaroq. Bu narsa xuddi ba'zi-bir uy yumushlarida erkak kishi esdan chiqarib qo'yadigan masalalarni ayol yaxshiroq bilishi mumkin bo'lishining ayni o'zidir. Insonda o'zining ko'p mashg'ul bo'ladigan sohasini boshqa sohalarga qaraganda yorqinroq eslab qolish tabiati mavjud bo'lar ekan.

Jinoyat ishlarida esa ayol kishi umuman guvohlikdan ozod qilingan. Chunki uning tabiati qon to'kish, qatlning turli-tuman ko'rinishlariga toqat qilib tura olmaydi. Natijada hodisaga taalluqli nozik jihatlarni payqamay qolishi mumkin. Aksincha, ayollarga xos bo'lgan ba'zi masalalarda esa, erkaklar qolib uning guvohligi qabul qilinadi. Aytib o'tilganlardan ma'lum bo'ladiki, bu sohada e'tibor qaratiladigan asosiy jihat insonning erkak yoki ayolligi emas, balki boshqa nazarda tutilgan manfaatlar ekanligi har bir insofli kishiga oydek ravshan bo'lib turibdi.

Merosda ham islom ayolga erkak ulushining yarmini ajratdi. Chunki meros tartiblarini meros oluvchining zimmasiga yuklangan nafaqa qilish kabi vazifalarni nazarda tutib qaraydigan bo'lsak, dinimizda ayollarga ajratilgan vorislik haqqi bu ularga nisbatan ko'rsatilgan juda katta iltifot va yuksak ehtirom namunasidir. Chunki islom ayollarga hech qanday yaqiniga nafaqa qilish burchini yuklamagan. Hattoki o'ziga ham sarf qilmaydi va uning sarf-xarajatlari erining yo otasining yoki o'g'lining va ba'zan aka va shunga o'xshash yaqin qarindoshlarining zimmasiga yuklatilgan.

Demak, ayoldan ikki barobar ko'p meros olgan akasi agar uning boquvchisi yo'q bo'lsa ushbu singilga, o'zining xotiniga, onasiga va boshqalarga sarflashi kerak bo'lgan bir paytda, uning yarmicha meros olgan singil mazkur mablag'ni faqat o'zi istagan yo'lga ishlatishi mumkin bo'ladi. Kimga ko'p e'zoz ko'rsatilganini mana shu tomonlarni e'tiborga olib hisoblanilsa adolatli bo'ladi manimcha.

Islomning boshqa hukmlari ham shunday. Ibodatlarni olsak, bu yerda ularga juda katta ehtirom ko'rsatilganini guvohi bo'lamiz. Ularga juma, jamoat namozi, hayit namozi, janoza namozi va dafn marosimlari va boshqa ko'plab amallar ixtiyoriy. Bularning barchasi erkaklar zimmasida. Oylik odati yoki nifosi kelib zaiflashib turgan vaqtda qaysi g'amxo'r yo himoyachi islomchalik marhamat ko'rsatgan. Aksincha, ularni erkak bilan teng degan da'vo bilan hech bir yumushini soqit qilish u yoqda tursin hatto yengillatib ham qo'ymagan.

Manba: www.horazm.net -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!


Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Ko'rganlar:: 87 | Добавил: www.horazm.net | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:

Корзина
Ваша корзина пуста
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Мини-чат
1) O`ZINGIZDAN OLDINGI USERGA NOM BERING (117)
2) ♣♣♣MAN MEN MAN♣♣♣ (107)
3) O'zizdan keyingi userni aniqlang (76)
4) FLOODXONA (64)
5) O'zingizdan oldingi forumdoshni qoillatib maqteng (58)
6) SO'NGI ISHTIROKCHINI SEVIB QOLISHIZ MUMKUNMI (56)
7) ♥♥♥♥ LOVE ♥♥♥♥ (47)
8) Yoshlar Parki (46)
9) =¤=AYNI DAMDA=¤= (44)
10) »»inte®netchasiga yozamiz«« (44)
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright horazm.net / БеПуЛ.НеТ © 2019 - 2013

Яндекс.Метрика