www.horazm.net
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [7817]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [972]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [458]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [228]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2901]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4730]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [53]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8713]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1072]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3433]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [209]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [295]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [600]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2003]
Заработок в интернете / Pul ishlash [19]
Pazandachilik / Кулинария [463]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2357]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4319]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [19]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [18]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [38]
Статистика




Онлайн всего: 23
Гостей: 21
Пользователей: 2
Darellpr, StanleyCore

Kun faolllari:
Vincentoi, Samuelviz, KennethDymn, Dwaynelah, Travisguri, DouglasWes, Miltonhen, Dennisgob, Arthurnog, StanleyCore, Darellpr, Miguelmut, EmilioGep, Cameronkilm, MauriceKag, Calvinsl, JimmieSr, Garrettdet, PatrickKa, Vincentea, Albertduen, SammieCarp, AlbertoEn, Herbertor, ArthurLer, Alfredoa, Lucienket, KesnethOn, LubertDuh, Charzessa, Natricklic, [Полный список]

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 37
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2019 » Февраль » 14 » BAXTNING BIR LAHZASI…

16:02
BAXTNING BIR LAHZASI…
— Tanyusha, men seni bir odam bilan tanishtirmoqchiydim, — sekin shivirladi Vlad. — Faqat iltimos, aqlli qiz bo'lib, jilmayishni unutmagin!

— Bugunmas, — dedi Tanya qovog'ini uyib. — Bilasan-ku, men unaqangi narsalarni jinimdan yomon ko'raman!

— Ahmoq bo'lganmisan? U odam juda badavlat. Hamma hurmat qiladi. Menga judayam kerakli… Menga qara, senga birpas o'sha bilan gaplashib ko'rish shunchalik qiyinmi?.. O'tinaman!..

— Sen mendan foydalanmoqchimisan?

— Asalim, kelajagimizni o'ylasang-chi!..

Tanya teskari o'girilib oldi.

— Bizda kelajak nima qilsin?

— Tanyusha, sekinroq gapirgin! Atrofdagilar bizga qarab qo'yishyapti.

— Voy Xudoyim!.. Bunaqasini ko'rmagandim… Mayli, tanishtir o'sha odaming bilan! Lekin va'da ber, keyin meni uyimga olib borib qo'yasan! Men juda charchadim.

— Albatta, jonim, — Vlad ayolning qo'lini o'pdi, — Dunyoning narigi chetiga desang ham olib boraman. Men hozir…

Vlad ko'z ochib yumguncha to'planganlar orasiga kirib g'oyib bo'ldi…

Tanya odamlarga hissiz ko'zlar bilan boqarkan, bir narsani sira tushuna olmasdi. Nega Vladga bu qadar osonlikcha yon beradi? So'zini qaytara olmaydi? Axir, allaqachon o'rtalarida bir paytlar paydo bo'lgan yoniq muhabbat so'na boshlagan-ku!..

Vlad besh daqiqalardan so'ng yonida keksa bir erkak bilan paydo bo'ldi.

— Mana, Tanyusha, tanishinglar, bu kishi hammamiz uchun hurmatli Yan Olegovich bo'ladilar!.. Bu — Tanyusha!..

Qariyaning o'zi gapni ilib ketdi.

— Siz bilan tanishganimdan bag'oyat mamnunman. Bilasizmi, sizni anchadan beri kuzatib turgandim. Juda go'zalsiz! Sizdek ayolni ko'pdan beri uchratmagandim…

— Yan Olegovich, ruxsat bersangiz, sizlarni yolg'iz qoldiraman! — dedi Vlad ketishga chog'lanib. — Zerikmanglar, men tez qaytaman!..

Tanya uning ortidan xo'mraygancha qarab qoldi. Yan Olegovich uning holatini sezsa-da, bildirmadi. Ehtiyotkorlik bilan Tanyaning belidan oldi-da, shampan vinosi ichishga taklif etdi. Ayol qarshilik qilmadi.

— Sizga buer yoqdimi? — so'radi qariya stol qarshisiga borib o'tirishgach.

— Yo'q, men bunday tantanalarni yoqtirmayman. Hammasi yuzaki.

— Siz haqsiz. Ishonasizmi, sizning ochiq gapirishingiz menga juda yoqdi.

— Xursandman.

— Yo'q, Tanyusha, siz uyimga kelib aksincha meni xursand qildingiz.

— Hali… Sizmi bu uyning egasi? — hayrat aralash qariyaga tikildi Tanya. — Kechiring, men o'ylamay gapirib yubordim! Xafa bo'ldingizmi?

— Aslo… Qurib ketsin shu tantanalari!.. Istasangiz, men sizga ichkarini ko'rsatardim.

— Ko'rsata qoling!

Qariya uni hovliga olib chiqdi. O'rtaga ajoyib favvora qurilgan. Hovlining aylana-atrofi gulzor. Sal nariga chet ellardan keltirilgan manzarali daraxtlar ekilibdi. Yonida o'rindiq. Umuman, buerni shohona qasrga bemalol qiyoslasa bo'lardi…

— Maylimi, sizga bir savol bersam? — qariya sigarasini tutatib Tanyaga yuzlandi.

— Mayli.

— Ayting-chi, sizday aqlli va go'zal ayol Vladga o'xshagan yigit bilan nega uchrashib yurganiykin?

Tanyaning qovog'i uyildi.

— Siz aqlliligimni qaerdan bila qoldingiz?

— E, men ancha yoshga kirganman. Shunday ekan, odamning kimligi, qandayligini tez anglay olaman. Bu mening ikkinchi kasbim, ha!

— Birinchi kasbingiz nima?

— Tanyusha, keling, yaxshisi, siz haqingizda gaplashamiz!.. Bilasizmi, agar adashmasam, siz baxtsiz insonsiz.

— Nega unaqa deyapsiz?

— Chunki o'zimga yoqadigan odamlarning baxtsiz bo'lishini istamayman.

— Unda nimani taklif etasiz?

— Birinchi navbatda ismimni aytib chaqirishingizni xohlardim. Ana shunday qilsangiz, o'zimni ancha yoshargan his etaman.

— Xo'p, Yan, nimani taklif qilgan bo'lardingiz?

— Menikiga borsangiz…

— Shunda meni baxtli qilasizmi?

— Yo'-o'q, aksincha siz meni baxtiyor qilasiz. Menda bo'lsa, siz uchun syurpriz bor.

— Nima ekan?

— Hozircha sir. Tez orada o'zingiz bilib olasiz.

— Qachon?

— Tanyusha, nega titraysiz? Qo'rqmang, kerakli odamlar siz bilan bog'lanib, hammasini tushuntirishadi… Xo'p, endi boraylik!..

Qariya uni yana boya tanishgan joylariga kuzatib qo'ydi-da, o'zi mehmonlar orasiga kirib ketdi. Tanya Vladni qidira boshladi. U sal narida ikki qiz bilan turar, nimalarnidir tushuntirish bilan ovora edi.

— Vlad, sen meni uyimga olib borib qo'ymoqchiyding! — dedi Tanya unga yaqinlashib.

— Ie, sen qaytdingmi? Xo'sh, qanday o'tdi suhbatlaring?

— Mashinada aytaman.

— Bo'pti, jonim, men hozir. Mashinani olib chiqay…

Shu mahalda soat tungi ikkilar bor edi. Mehmonlar ham asta-sekinlik bilan tarqala boshlashdi. Tanya qorong'ilikda ko'chaga chiqib o'nlab mashinalar orasidan Vladnikini qidira boshladi. Nihoyat oldiga mashina kelib to'xtadi. Tanya orqa eshikdan sekin ichkariga kirib o'tirdi-da, Vladga qarab:

— Nega turibmiz? Yurmaysanmi? — deya so'radi.

Vlad indamay motorni o't oldirdi va mashina joyidan qo'zg'aldi.

— Sigaretimni olib ber! — dedi Tanya o'rindiqqa suyanib o'tirgan ko'yi. — Juda siqilib ketdim.

Vlad qayrilmasdan qutichadagi «Parlament» sigaretini Tanyaga tutqazdi.

— Ie, nega bunaqa sigaret olding? Sassiq-ku bu!..

Yana javob bo'lmadi.

— Vlad, — tutunni ochiq oynadan tashqariga puflab davom etdi Tanya, — Menga rostini ayt. Qachondan beri sen uchun suyuqoyoqqa aylandim-a? Qayoqdagi qariya bilan tanishtirding. Nahotki men shunaqalarning tengi bo'lsam?.. Bu birinchisi. Ikkinchidan, nega o'sha qariya uy egasi ekanini aytmading?.. Aytgancha, u meni baxtli qilmoqchi ekan… Seni bu narsalar qiziqtirmaydimi?.. Nimaga jimsan? Og'zingga tolqon solvolganmisan?

— Men Vladik emasman — erkak to'satdan orqasiga o'girildi.

— Nima?.. Kimsiz unda? — ko'z o'ngida butkul begona yigitni ko'rgan Tanyaning rangi oqardi. — Mashinani to'xtating, men tushib qolaman!

— Qaerga tushasiz? Shu dashterda-ya? Shahargacha hali o'n chaqirim bor.

— Bir amallab yetib olarman.

— Yarim kechasi-ya?

— Siz Vladikning mashinasida nima qilyapsiz?

— Bu o'zimning mashinam.

— U holda nega meni mashinangizga o'tqazdingiz?

— Men o'tqazganim yo'q. O'zingiz o'tirdingiz. Qarasam, juda asabiy ekansiz. Indamay qo'ya qoldim.

— Tushirib yuborsangiz bo'lardi-ku!..

— Hech qachon taksichilik qilmaganman. Bir sinab ko'rgim keldi… Mayli, istasangiz o'shaerga qaytarib tashlab kelaman.

— Yo'q… Agar o'zingiz ham shaharga ketayotgan bo'lsangiz, olib borib qo'ying. Haqini to'layman!.. Siz ham mehmonga borganmidingiz?

— Ha — javob qildi haydovchi.

— Bir o'zingizmi?

— Ha… Otingiz nima?

— Tanya.

— Meniki Alik. Do'stlarim shunday deb chaqirishadi. Asl ismim esa, Oleg…

Shu ko'yi ikkovlari ham bir og'iz gapirishmadi. Shahargaetib kelgachgina, Tanya tilga kirdi:

— Chirog'ingizni yoqing, men yo'l haqini to'lab qo'yishim kerak!

— Shart emas. Sizga xizmat qilganimdan mamnunman.

— Rahmat.

* * *

Tanya uyga kirib kompyuterni yoqdi. Keyin sigaret tutatdi…

Bilmaydi. Monitorga tikilgancha uzoq vaqt o'tirdi. Shu orada yarim quti sigaret chekib yuboribdi…

Kutilmaganda o'zini yomon his qila boshladi. Bildiki, hozir hushidan ketadi. Doimo shunday bo'ladi. Bolaligidan qolgan asorat bu. Tezda o'rnidan turdi-da, har ehtimolga qarshi yoniga spirt va ukol uchun shpris-dorilarni qo'ydi…

Birdan qulog'i shang'illay boshladi. Ko'z oldi qorong'ilashdi. Tanya shosha-pisha o'rnidan turdi. Ha, tezda yotish lozim!..

«Ko'p chekib yubordim shekilli»… Tanyaning oxirgi marta esida qolgani shu bo'ldi. U hushidan ketdi…

* * *

Dugonasi Yankanikida mehmonlar bor edi. Ular Ivan Kupalo bayramini nishonlashyapti. To'g'ri-da, bu bayramning boshqalaridan nimasi yomon?..

Mehmonlar bir soatcha ichkarida o'tirishgach, birdan o'rinlaridan turib tashqariga — ko'l bo'yiga yo'l olishdi. Uerda havo toza, ko'lning muzdek shabadasi jonning huzuri…

Birpasda o'rtaga olov yoqishdi…

Tanya ham olovdan uch metrlar narida turardi. Yo'q, daraxtlar ortiga yashirinmadi. Bir joyda tik turgancha mehmonlarni kuzata boshladi. Uni ko'rishdi. Ammo hech kim e'tibor qaratmayapti. Tanya bo'lsa bunaqangi munosabatlarga ko'nikmagan. Avvaliga hayron bo'ldi. Qiziq, o'zi buerda nima qilib turibdi? Qanday kelib qoldi? Nega uni hech kim payqamayapti? Hammalari tanish odamlar-ku!.. Ana, Diana Maksim bilan uchinchi qavatda turishadi. Yurka bilan Lina esa, beshinchi qavatdan…

Tanya ularga yaqinroq borishga ahd qildi. Lekin… Qadam tashlamoqchi bo'lganda, asta-sekin havoga ko'tarildi…

«Men o'ldimmikan? — xayolidan o'tkazdi u. — Bu o'zim emas, ruhim bo'lsa-chi?.. Unda nega ovqatning hidini dimog'imda tuyyapman?.. Yo oynadan o'zimni tashladimmikan?.. Bilmadim… Esimda yo'q… To'xta, balki suvga tushib ko'rarman?..»

Tanya suvga yaqin borgani bilan ichiga tusha olmadi. Ko'ldan besh santimetrlar balandlikda muallaq turib qoldi.

«Demak, aniq o'libman, — ko'nglidan kechirdi u. — Eh, afsus… Ha mayli, o'libdimi, endi narigi dunyoda nima gaplar ekanini aniqlab ko'radi. Afsus, Yankaning go'shti menikida edi. Ertalab chiqsa, men bo'lmasam… Uf-f, rosa qiynaladigan bo'ldi-da, bechora!..»

Tanya havoda turganerida asfaltda qonga belanib yotgan tanasini tasavvur qilib ko'rdi.

— Borib ko'rsammikan?.. E, sasib ketgandir hammayoq… Yaxshisi, mehmonlar tomonga borib, Yankaga qandaydir yo'l bilan belgi berib ko'raman…

Hash-pash deguncha Tanya yana olov qarshisida hozir bo'ldi. Mehmonlar suhbatga berilgandan berilib ketishibdi. Astoydil quloq tutdi.

— Nima desalaring denglar-u, — dedi Kostya, — Lekin Tanyaga achinaman. Yolg'iz sho'rlik.

— Obbo, — gapga aralashdi Yanka. — Siz erkaklar yolg'iz ayollarning hammasiga achinasizlar…

— Nima deganing? Yolg'izlik yomon. Shunday kunlar bo'ladiki, suv berishga bir odam topolmay halak bo'lishi mumkin kishi.

— Tanya yolg'izmas. Sen ko'rsayding, uning yoniga qanaqangi mashinalarda erkaklar kelishadi…

Bu suhbat ham Tanyaning joniga tegdi. Asta havoga ko'tarilib, o'rmon ichkarisiga kirdi. Besh metrlar narida nimadir yarqiragandek tuyuldi. Tanya pastladi. Qiziq, bu ilohiy gul… O'rmonda qanday paydo bo'ldi bu gul? Aytishlaricha, u narigi dunyo jannatida bo'lishi lozim edi. Nahotki, narigi dunyoda yuribdi?..

Ha, yana aytishardiki, shu gulga mabodo ro'para kelgan odam nima tilak tilasa, albatta, ijobat bo'larmish. Qani, tilak tilab ko'rsin-chi!..

Tanya gulni yerdan yulib oldi-da, asta shivirladi:

— Men baxt nima ekanini bilishni istayman… Men uni his qilishni istayman. Iltimos, hech qursa bir daqiqagina… Shu bir daqiqalik baxt abadiy davom etsin, iltimos!..

Shunda Tanyaning qo'lidagi gul o'z-o'zidan moviy rang olov chiqara boshladi. Olov uning qo'llarini kuydirmas, faqat qaraganda ko'zlari og'rirdi. Tanya ko'zlarini yumgancha keyin nima bo'lishini kutdi. Birozdan so'ng olov xiyla pasaydi. Tanya ko'zlarini ochdi…

* * *

Tanya ko'zlarini ochganda polda cho'zilib yotardi. Ustida kompyuter turadigan stol, monitor yuziga tegay-tegay deb turibdi. Tanyaning o'zi zo'rg'a nafas olardi. U nimalar bo'lganini eslashga urinib ko'rdi. Ha, stuldan turgan zahoti hushidan ketgan. Demak, yiqilayotib stolni ushlab qolgan-u, ustiga qulagan…

Xo'sh, endi qanday turib oladi o'rnidan?.. Qimirlasa-yu, monitor tushib ketsa… Simda tok bo'lsa-chi?.. Tanya bolaligidan tokka yaqinlashishga qo'rqadi…

Yana ko'zlarini yumdi. Qaytadan havoga ko'tarilayotganini his etdi. Tag'in olov yonida paydo bo'ldi.

— Xudoyim, bu nima o'zi?..

Men tirikmanmi o'zi?.. Tirikman. Men nimadir qilib turishim lozim…

Ko'zlarini ochib, asta oyoqlarini qimirlatib ko'rdi. Hammasi joyidaga o'xshadi. Ohista qaddini ko'tarib, kompyuter ulangan joyga qo'l cho'zdi. Ulgurmadi. Monitor to'satdan polga quladi.

Shu tobda kvartira eshigi ochildi.

Kim bo'ldi?.. Kalit faqat Vladda bor edi-ku!..

Xursand bo'lib ketdi. Hech qachon Vladning kelishidan bu qadar quvonmagandi.

— Tanyusha, senga nima bo'ldi? — baqirdi Vlad ichkariga kiriboq va qutqarish uchun stol tomon tashlandi.

— Avval kompyuterni o'chir! — dedi zo'rg'a Tanya.

Vlad o'chirdi.

— Nima bo'ldi?.. To'xta, seni hozir ko'tarib olaman!..

— Tegma, og'riyapti!.. — qichqirib yubordi Tanya. — Qovurg'am singanga o'xshaydi. Yaxshisi, qo'lingni ber!

— Balki kasalxonaga olib borish zarurdir seni?

— Kerakmas. Hozirmas, Vladik. Birpas yotay, o'tib ketar…

— Mayli… O'zing bilasan… Bilasanmi, men nima uchun kirdim oldingga?

Vlad Tanyani karavotga yotqizgach, stol-stullarni joy-joyiga qo'yib chiqdi.

— Menga nima bo'lganining endi qizig'i yo'qmi? — alam bilan so'radi Tanya.

— Tanyusha, bas qil! Seni yaxshi bilaman. Bormayman dedingmi, tamom!..

— Ha-a, nimaga kirding oldimga?

— Ikki kundan so'ng Venaga uchib ketaman… Bilasanmi, sen Yan bilan qanday kelishuvga erishgansan, bilmadim-u, lekin u firmam bilan juda jiddiy bitimni imzoladi. Omadimiz kuldi, jonim!.. Xullas, sen men bilan o'sha yoqqa borishing lozim. Ayt, ikki kun ichida tuzalib ketarmikansan?

— Sen hayvonsan! — dedi yotganerida Tanya. — Sen bilan hech qaerga bormayman. Seni ko'rishga ko'zim yo'q!

— Tushunmadim…

— Nimani tushunmading? O'sha kuni qaerga, kim bilan ketganimniyam bilmaysan… Senga umuman qizig'i yo'q.

— Bilaman. Sen boshqasi bilan ketib qolibsan…

— Shu narsani bamaylixotirgina gapiryapsan-a?

— Nima qilay?.. Sening bo'yningga arqon solib yurolmayman-ku!..

— Shunaqami? Unda… Kalitni joyiga qo'ygin-da, ko'zimdan yo'qol!..

— Tanyusha, o'zimning boyligim, seni qanday yolg'iz tashlab ketaman?

— Ikkiyuzlamachisan sen!.. Meni tinch qo'y! Men hozir o'zimni yomon his qilyapman…

— Bo'pti, lekin vrachni baribir oldingga yuboraman!..

Vlad shoshilinch kalitni joyiga qo'ydi-da, tashqariga chiqib ketdi…

* * *

Ertalab Yanka kirdi. Ranglari bir ahvol edi. Tanya zo'rg'a o'rnidan turib o'tirdi.

— Senga nima bo'ldi, Yana?

— E, kecha qo'shnilar bilan Ivan Kupalo bayramini nishonlagandik. Ertalabgacha o'tiribmiz…

Tanya birdan hushyor tortdi.

— Nechada bordilaring? — so'radi Tanya.

— Soat kechkiettilarda.

— Olov ham yoqdilaring-a?

— Ha, sen qaerdan bilasan?

— Keyin… Sening Kostyang men haqimda gapirdi, rostmi?

— Tushunmadim… Nima, sen ham borganmiding?.. Yo'g'-e, u yerda sen yo'q eding…

— Eshit, sen unga javoban rosa meni yomonlading…

— Bu gaplarni qaerdan olding?

— Bilaman-da!..

Tanya juda hayratda edi. Kechagi voqealar bilan Yankaning gaplari haqiqatan mos kelyapti… Nahotki?..

— Demak, gap bunday, — deya dugonasiga o'girildi Tanya. — Men sening o'tirishingga kirmayman. Ana, go'shtingni olgin-u, ko'zimdan yo'qol!..

— O'rtoqjon, bu nimasi? Odam mastlikda nimalar demaydi…

— Bor, bor!

Tanya uni itara-itara kvartiradan haydab chiqardi va eshikni tambaladi.

* * *

Tanya ortiga qaytib o'rniga cho'zildi va ko'zlarini yumdi.

Qiziq, kecha nimalar bo'ldi o'zi?

Demak, yuztuban polga yiqilgan-u, shu zahoti boshqa bir dunyoga borib qolgan.

O'lib ketsin!

Uning yodiga o'rmondan topib olgan ilohiy gul, keyin… Tilak tilagani tushdi. Ha, bir daqiqalik baxt tilagandi. Shu bir daqiqalik baxt abadiy bo'lishini istagandi…

Shu baxtni tasavvur qilishning imkoni bormikan?..

Tanya biroz yotgach, uyquga ketdi…

* * *

Samolyot salonida styuardessa hammaga ichimlik tarqatib yurardi. Vlad bir stakan ichimlik olib Tanyaga uzatdi. Ayol Vladgaeb qo'ygudek tikilib qaradi.

Qanday yomon ko'radi-ya bu nusxani!.. Nimaga u bilan uchishga rozi bo'ldi? Uyda jimgina o'tiraversa o'larmidi?..

— Eh! — dedi Vlad kaftlarini bir-biriga ishqalab. — Venada maza qilamiz. Biz uchun alohida dasturlar tayyorlab qo'yishgan…

Tanya indamay hojatxonaga kirib ketdi. Kirgani hamono sigaret tutatib oynadan tashqariga boqdi. Samolyot oppoq bulutlar ustidan uchib borardi.

«Oh, qaniydi bulutlar ustida uchib yursam!..» — xayolidan kechirdi u…

Xayolidan shu so'zlarnigina o'tkazishga ulgurdi, xolos. Shu payt samolyotning o'ng motori portlab ketgandek tuyuldi. Samolyot siltana boshladi. Hammayoq to's-to'polonga aylandi. Kimdir yiqilgan, yana kimdir bor ovozda qichqirgan…

Faqat Tanya havoda muallaq turardi. Bu holat ham uzoqqa cho'zilmadi. Samolyot qulay boshlaganda u oynani sindirib tashqariga o'zini urdi. Yerga qulamadi. Aksincha bulutlar uzra bemalol parvoz qila boshladi…

Bir mahal qarasa, qulab borayotgan samolyot yonida Vlad hamer tomon tushib boryapti.

— Uf-f… Endi Vlad yo'q! — deya oldi Tanya…

* * *

Ayol qora terga botib uyg'ondi. Ko'zlarini ishqalay-ishqalay ochdi-yu, telefonga yopishdi:

— Allo, Vlad, bu men, Tanyaman!

— Nima bo'ldi, yulduzim?

— Iltimos, Venaga uchma!

— Bu nima deganing?.. Yomon yiqilib, sal bosinqirayapsanmi deyman?

— Sen tushunmaysan… Qandaydir ko'ngilsizlik yuz berishini sezib turibman. Samolyot qulab tushishi mumkin, eshityapsanmi?

— Balki qulamas…

— E, bilganingni qil!..

* * *

Oradan ikki kun o'tdi. Vlad ketayotib ham qo'ng'iroq qilmadi. Tanya yuragi g'ashlanib, sekin o'rnidan turdi. Shu tobda eshik qo'ng'irog'i chalinganday tuyuldi. Borib eshikni ochdi. Ostonada Alik kulib turardi.

— Siz?.. Qaysi shamollar uchirdi?

— O'tib ketayotgandim… Bir ko'rgim keldi, Tanyusha!

— Kvartiramni qanday topdingiz?

— Topdim-da!..

Ichkariga kirishgach, Tanya mehmonni oshxonaga taklif etdi.

— Baribir tushunmayapman… Qanday topdingiz meni? — so'radi Tanya.

— To'g'risini aytaymi?

— Ha.

— Yan Olegovichning odamiman.

— Nima bo'pti?

— Sizga nima desam ekan?.. Bilardim… Yan Olegovich sizga ko'z tashlab yurganini bilaman… Ammo… Men ham sizni ko'rganimdan keyin…

— Bu xushomadmi? — yigitning so'zini bo'ldi Tanya. — Erkaklarning hammasiyam shu ekan-da-a?.. Bir marta yotib ko'rish uchun nimalar deb tashlashmaydi!..

— Yo'q, — Alik uning yelkasidan ohista tutdi, — Meni hali umuman bilmaysiz-ku!.. Yoqtirib qolganman sizni… Xohlasangiz ishoning, xohlamasangiz…

— Ishonmasam nima qilasiz? — kulib Alikning qo'linielkasidan nari surdi Tanya. — Shunda meni tinch qo'yasizmi?

— Afsuski, tinch qo'ya olmayman…

— Axir boshlig'ingiz bilan teskari bo'lib qolasiz-ku!..

— Tanya, men haqiqiy muhabbatni bir umr orzu qilib yashadim. Mana, o'ylaymanki, topdim o'shani. Endi menga hech kim to'siq bo'la olmaydi… Iltimos, meni to'g'ri tushuning!.. Sizni hech qachon ko'z yosh to'kishga qo'ymayman, mana ko'rasiz!..

— Yo'q, — dedi Tanya, — Men bir og'iz gapga uchib, o'zini topshirib qo'yadiganlardan emasman… Ochig'i, erkaklardan kuyganman… Tinch qo'ying meni! Hech bo'lmasa bugun tinch qo'ying!..

— Xo'p, siz nima desangiz shu! Bilingki, doimo umidvorman muhabbatingizdan!..

Alikni kuzatib qaytgach, Tanya yana Vlad haqida o'ylay boshladi.

— Nahotki, o'ldi?.. Balki hammasi bo'lmagan gaplardir…

Shu payt telefon jiringladi. Tanya shoshilinch go'shakni ko'tardi. Yan Olegovich ekan.

— Tanyusha, — dedi u negadir xirillagan ovozda. — Kechiring, men sizga bir xunuk xabarni yetkazishga majburman…

— Nima bo'ldi?

— Vlad uchgan samolyot qulab tushibdi… Hech kim tirik qolmaganmish… Hademay televizor orqali ham aytib qolishsa kerak… Faqat… Siz kuyinmang!..

Nega kuyinsin?.. Bu erkakdan allaqachon to'yib ketgan… Aldaganlariga kuysinmi? Qo'shib berib foyda ko'rmoqchi bo'lganlariga kuysinmi?..

Tanya bo'shashib stulga o'tirib qoldi. Xayoliga kuni kecha ko'rgan narsalar keldi. So'ngra… Ilohiy gulni esladi… Ha, bir daqiqalik baxt tilagandi. Shu baxt abadiy bo'lishini tilagandi… Demak… Nahotki, Alik bo'lsa shu baxt?.. Bechora tiz cho'kishga tayyor turdi… Nima qilsin?.. Yo'q, u Vladga o'xshagan emas… Agar shunday bo'lsa, o'sha kechasi bir yoqqa sudrab ketmasmidi?..

— Oh, Alik, meni kechir!.. O'zimning ham yuragim jiz etgan. Ammo bir ko'rishdayoq o'zimni topshirib qo'yolmasdim. Tushun!.. Ko'rasan, keyingi kelganingda, sevgimni oshkor etaman… Chunki sen mening bir daqiqalik, ammo abadiy baxtimsan!

Manba: www.horazm.net -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!


Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Ko'rganlar:: 124 | Добавил: www.horazm.net | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:

Корзина
Ваша корзина пуста
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Февраль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Мини-чат
1) O`ZINGIZDAN OLDINGI USERGA NOM BERING (117)
2) ♣♣♣MAN MEN MAN♣♣♣ (107)
3) O'zizdan keyingi userni aniqlang (76)
4) FLOODXONA (64)
5) O'zingizdan oldingi forumdoshni qoillatib maqteng (58)
6) SO'NGI ISHTIROKCHINI SEVIB QOLISHIZ MUMKUNMI (56)
7) ♥♥♥♥ LOVE ♥♥♥♥ (47)
8) Yoshlar Parki (46)
9) =¤=AYNI DAMDA=¤= (44)
10) »»inte®netchasiga yozamiz«« (44)
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright horazm.net / БеПуЛ.НеТ © 2019 - 2013

Яндекс.Метрика