www.horazm.net
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [8360]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1119]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [460]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [229]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [3041]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4939]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [57]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8951]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1204]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3437]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [232]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [296]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [685]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2106]
Заработок в интернете / Pul ishlash [19]
Pazandachilik / Кулинария [469]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2562]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4493]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [18]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [38]
Статистика




Онлайн всего: 57
Гостей: 56
Пользователей: 1
wikigriVah

Kun faolllari:
Fernizfut, RicazdoSiree, REMONTDorn, youtHuM, Expesee, wikigriVah

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 37
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2019 » Июль » 10 » “Ayol bolasini sotdi”, “ayol bolasini bo'g'ib o'ldirdi”, “ayol jinoyatga qo'l urdi”: fojiada hissamiz qancha?

18:40
“Ayol bolasini sotdi”, “ayol bolasini bo'g'ib o'ldirdi”, “ayol jinoyatga qo'l urdi”: fojiada hissamiz qancha?
Bugungi shiddatli, har kuni minglab voqea va hodisalar bo'hroni girdobida o'tayotgan globallashuv davrida AYoL zotining qadr-qimmatini, himoyasini kuchaytirish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar qancha bo'lsa, afsuski, ayol bilan, uning ma'naviyati bilan bog'liq holatlar ham talaygina.

Masalan deb sanay boshlasangiz, barmoq yetmaydi: "Ayol bolasini sotdi”, "ayol bolasini bo'g'ib o'ldirdi”, "ayol jinoyatga qo'l urdi” va hokazo…
Tahlil uchun ko'pchilikni larzaga solgan 2 holatni olaylik:
2018 yil 5 mart kuni Namangan viloyatining Norin tumanida "Toshloq grand” fermer xo'jaligi bog'ida yollanib ishlayotgan Uchqo'rg'on tumanida yashovchi B.X. bog'dagi hojatxonada qiz tuqqan va uni qasddan o'ldirish maqsadida hojatxonaga tashlab yuborgan. Chaqaloq yig'isini eshitgan shu bog' ishchisi A.T. chaqaloqni qutqarib qolgan. Chaqaloq tuman markaziy tug'ruqxonasiga yotqizilgan.
2019 yil 2 iyul kuni fuqaro F.T. Surxondaryo viloyati Denov tumani, «Lolazor» mahallasidagi "Habibobod” bozori hududida joylashgan ayollar hojatxonasida qiz bola chaqaloqni tug'ib, hojatxona ichiga tashlab ketgan. Undan keyin hojatxonaga kirgan ayol chaqaloq yig'isini eshitib, odamlarni yordamga chaqirgan. Natijada chaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylashtirilgan. Balki bular biz bilgan, bilib qolgangina holatlardir.
NEGA SOSIY OMILNI KAM ESLAYaPMIZ?

Bunaqa paytda ijtimoiy tarmoqlarda, o'zaro muloqotlarda yoshlar, ayniqsa qizlar tarbiyasiga mas'ul tashkilotlarni, mahallani, ota-onani ayblash, bolasini hojatxonaga tashlagan ayolni la'natlash jarayonining boshlanishi tabiiy.
Internet tarmog'ida, matbuotda "Erkak aldagani uchun ayol shu holga tushdi” deyilmaydi, "Ayol jinoyat qildi”, deyiladi. Asosan AYoL va uning gunohi, jinoyati haqida gapiriladi.
To'g'ri, bolasini tug'ib shu ahvolga solish – albatta, hech qachon oqlanmaydigan hol. Biroq, avvalo masala negizida yotgan yana bir haqiqat – shu holatni sodir etishda ma'naviy ma'noda ayol bilan teppa-teng aybdor bo'lgan erkak omili, uning tarbiyasi-yu shu fojiadagi "hissasi” yetarlicha baholanmaydi.
Bunday hollarda ayolga nisbatan zo'ravonlik holatini "o'zi xohlagani uchun birga bo'lgan”, "voyaga yetganku” degan izohlar bilan yopib yuborish ham aslida haqli munosabat emas.
FOJIANING YaNA BIR ASOSIY SABABI…

Biz fojia sabablari, ildizlariga to'xtaladigan bo'lsak, avvalo Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Termizdagi "Sulton Saodat" majmuasini ziyorat qilish chog'ida yoshlarning islomiy ta'lim-tarbiyadan uzoq qolganini o'z o'rnida baholab, "Ochiq aytsak, odamlarni tarbiyasiga Islom nur ekanligini singdirolmadik. Fojiamiz mana shu yerda", deb aytgan so'zlarini eslashimiz zarur bo'ladi.
Chunki Denovda bo'lgan mana shu mudhish holatda ham nikohsiz bola ko'rish, oilasiga xiyonat qilish fojiasi bolani tug'ib hojatxonaga tashlab o'ldirish xulosasigacha borib yetishining negizida ham oilada, atrof muhitda avvalo nafaqat diniy, balki insoniy ahloq qoidalarni, ma'rifatni anglab yetmaslik yotibdi.

QAERGA QARAYaPMIZ?
Bugungi kunda jamoatchilik tomonidan bot-bot takrorlanayotgan "mas'ullar qaerga qarashyapti?” degan e'tiroz ham o'rinli.
Shu o'rinda Surxondaryo viloyati Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Mavluda Qobulovaning Denov tumanida bo'lgan holat yuzasidan bergan ma'lumotiga to'xtalamiz:
– Men o'sha kuni Denov tumanida xizmat safarida edim. Profilaktika inspektoridan eshitib, bolaning sog'ligini surishtirib, tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi bilan tibbiy yordam berishda e'tiborsizlik qilmay, nazoratda ushlashni navbatchi vrachlarga tayinladik.
Ma'lum bo'lishicha oilada 6 farzand – 2 nafar o'g'il, 4 nafar qiz ulg'aymoqda. F.T.ning ma'lumoti o'rta-maxsus, otasi ishlashga ruxsat bermaganligi uchun uyida tikuvchilik bilan shug'ullanib kelgan. Uning nomusiga amakisining o'g'li 1990 yilda tug'ilgan o'zi bilan bir mahallada yashovchi A.T. tekkan. Bola 02.07.2019 yilda tug'ilgan, onasi va o'zidan boshqa hech kim bilmagan. Otasi va aka-ukasidan qo'rqqanidan, qarindosh-urug', qo'ni-qo'shnidan uyalganidan onasi bilan kelishgan holda bolani yo'q qilish uchun shu yo'lni topgan. Bola hojatxona yangi tozalanganligi va orqa tomoni bilan tushganligi sababli o'z vaqtida topilib, tibbiy yordam ko'rsatilgan. Hozirda salomatligi yaxshi.
Tuman Xotin-qizlar qo'mitasi raisi oiladan xabar oldi. Oila mahallaning oddiy oilalaridan. Otasi ham, oila a'zolari ham voqeadan xabar topgach, yana bir xatolikka yo'l qo'yib qo'ymasligi uchun ularga vaziyatni boricha qabul qilishi va yana keskinlashtirmasligi tushuntirildi. Hozir vaziyat nazoratga olindi, bolaga guvohnomani rasmiylashtirish chorasi ko'rilmoqda.
 
YaNA KEChIKDIK…

To'g'ri, aslida bu kabi bong urishlar ham, xalq ta'biri bilan aytganda, "bo'lari bo'lib, bu yog'i singib bo'lgan”dan keyingi xabar olishlar ham, qaysidir mas'ulni ishdan olish, kimgadir chora ko'rish kabilar ham fojiani yumshatishga asos bo'lolmaydi.
Chunki ko'rinib turibdiki, yuqoridagi holni sodir etgan erkak va qiz yashayotgan mahallada ma'rifiy muhit yetarlicha sog'lomlashtirilmagan. Qiz homilasini "hojatxonaga tashlash uchun” ko'tarib yurgan 9 oy davomida hech kim hech narsani sezmagan.
Bugungi islohotlar natijasida shu holatlar sodir bo'lishining oldini olish uchun ko'rilayotgan choralar, masalan, "Qizlar salomatlik markazi”, "Ayollar maslahatxonasi”, "Ayollar reabilitatsiya markazi” kabi ijtimoiy himoyalash tuzilmalaridan ko'zlanayotgan maqsad o'z vaqtida aholiga yetkazilmagan. Qisqa qilib aytganda, yana kechikilgan.
U HAM AYoL, UNING HAM HIMOYaChISI QONUN

Hozirda jinoyat sodir etgan ayol haqida shov-shuvli e'tiroz va haqoratga to'la minglab izohlar va fikrlarni kuzatyapmiz.

Biroq, Xotin-qizlar qo'mitasi va boshqa tashkilotlar ham ayol katta xato, hatto jinoyat qilib qo'ysa ham, u ayolga nisbatan ommaning nafratini qo'zg'atishga, "bu ayolga o'lim” qabilidagi kayfiyatni uyg'otishga haqli emas. Chunki, barcha qatlamdagi zarbaga uchragan, jinoyati zamirida bitta o'zi turmagan ayollarni ham himoya qilish qonunga zid emas.
Bolasini tug'ib, hojatxonaga tashlab yuborgan ayolning qilmishini mutlaqo oqlamagan holda, holat yuzasidan qo'zg'atilgan tergov ishi yakunlarini kutib, ushbu ayolni, uning oilasini hozirgi murakkab ruhiy holatdan olib chiqish bilan shug'ullanish Xotin-qizlar qo'mitasining vazifasidir.
XULOSA O'RNIDA…
"Birov gunoh qilganda, jim kuzatib turish ham gunohdir”, deydi dono xalqimiz.
Bu kabi holatlarni o'z vaqtida oldi olinmagani mas'ul tashkilotlarning yoshlar, aholi, qizlar o'rtasida ma'naviy targ'ibot ishlarini samarali tashkil etish, tadbirlarni odamlarning kundalik hayotiga bo'lgan ta'sirini kuchaytirish, jamoatchilikning hal etuvchi ulkan kuchidan unumli foydalanish, oiladagi tarbiyani to'g'ri tashkil etishda davlat va nodavlat tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ko'rsatib turibdi.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, yuqoridagi fojianing ma'naviy jarohati juda chuqur va tez bitadigan emas. Bu fojia AYoLning, mutlaqo aybsiz GO'DAKning, o'sha OILAning taqdirida umrbod davom etishi ham bor gap. Biroq, har qanday vaziyatda ham xatoni to'g'rilashga, jarohatni bitkazishga, bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun har mahalla va oila kesimida harakat qilish o'rinliroqdir.
O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi

Manba: www.horazm.net -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi!


Категория: BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA | Ko'rganlar:: 27 | Добавил: www.horazm.net | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:

Корзина
Ваша корзина пуста
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Июль 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright horazm.net / БеПуЛ.НеТ © 2019 - 2013

Яндекс.Метрика