www.horazm.net
SAHIFALAR
Бесплатные анимационные смайлики для одноклассники.ру [409]
YANGILIKLAR / ЯНГИЛИКЛАР / HABARLAR / AXBOROT [8028]
Новости Узбекистана, Политика, Экономика, Права [116]
HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР [1036]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / AYANCHLI SEVGI HIKOYALARI [458]
Любовные истории, истории любви, рассказы о любви [228]
FUTBOL YANGILIKLARI / Новости футбола [2958]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [4790]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ [55]
DUNYO YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ [8799]
O'ZBEKCHA KINOLAR / УЗБЕКЧА КИНОЛАР [1118]
Смотреть онлайн бесплатно в хорошем качестве / Фильмы HD онлайн смотреть [3436]
HIND KINOLARI ONLINE / Индийские фильмы онлайн [217]
TURKCHA SERIALLAR / ТУРКЧА СЕРИАЛЛАР / Турецкие сериалы онлайн на русском языке. Смотреть турецкие [295]
MOBIL TELEFONLAR UCHUN / МОБИЛ ТЕЛЕФОНЛАР УЧУН [615]
Foydali maslahatlar / Полезны советы [2049]
Заработок в интернете / Pul ishlash [19]
Pazandachilik / Кулинария [469]
BAXS - TORTISHUV / FIKR MULOHAZA [2451]
BEPUL MP3 KO'CHIRIB OLISH / БЕПУЛ МП3 КУЧИРИШ [4412]
Восстановление данных - Программы [15]
Смотреть сериал великолепный век все серии на русском языке [17]
БИТВА ЭКСТРАСЕНСОВ || У НАС ВСЕ СЕРИИ / Битва экстрасенсов смотреть онлайн / Битва экстрас... [27]
Страница Женских Побед. Все возможно! Гороскоп знаки зодиака, Как удержать мужчину, Характеристика [48]
Tush tabiri / Туш табири / Tush Tabiri kitobi [65]
MUCHALLAR HAQIDA MA'LUMOTLAR / МУЧАЛЛАР ХАКИДА МАЛУМОТЛАР [20]
BEPUL ODNOKLASSNIKI SIRLARI / БЕПУЛ ОДНОКЛАССНИКИ СИРЛАРИ / Секреты сайта Одноклассники.ру [76]
TAS-IX KINOLAR / Смотреть кино онлайн в Tas-Ix / KINOLAR TAS-IX [18]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH [6]
ПРОГРАММЫ - Скачать бесплатные программы / KOMPYUTER UCHUN PROGRAMMALAR KO'CHIRISH / ПРОГРАММЫ. Скачать программы бесплатно / Бесплатные программы для ПК / Каталог бесплатных программ для компьютера / Программы для персонального компьютера / Скачать бесплатно программы для ПК
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 Т... [73]
Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO'RISH / JCH 2014 GOLARNI KO'RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ
MUNAJJIMLAR BASHORATI / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ [38]
Статистика




Онлайн всего: 15
Гостей: 15
Пользователей: 0


Kun faolllari:
iphone, kapriolbjk, steklodelosu, SaleAwaw, nineliVah, ingesty, ninelVah, isoyuaje, haxinaq

Faol izohchilar:
1) ipod
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 139
2) bepul
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 104
3) iphone
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 37
4) bevafo
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26
Saytdagi statusi: 
Izohlar soni: 26


Главная » 2019 » Май » 10 » Allohning adolati

14:46
Allohning adolati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Hamma qaerdandir, kimdandir adolat izlaydi: ra'iyat podshohidan, xodim rahbaridan, xotin eridan, ojiz kuchlidan, mazlum zolimdan, faqir davlatmanddan adolat istaydi. Ammo hech kim izlaganini topa olmaydi, chunki adolatning "uyi”ni bilmaydi. Adolatning turar joyi Parvardigor huzuridadir. O'lgandan keyin qayta tirilishning borligi eng buyuk adolatdir!

Adolatsizlikni esa zulm keltirib chiqaradi. Zulmning turlari juda ko'p. Masalan, er xotinining himoyachisi bo'lmagani uchun unga zulm qiladi. Boshliq mansabini suiiste'mol qilib, qo'l ostidagi ishchilarga nisbatan zulmga o'tadi. Agar seni kuching odamlarga zulm qilishga undasa, Allohning sening ustingdagi qudratini esingga ol. Insonning ilmi kuchaygani sari Allohdan qo'rqishi ham kuchayib boradi. Bordiyu, banda kuchga to'lib, "xohlagan narsamni qilaveraman”, deb adolatsiz kuch ishlatishga o'tsa, Allohning g'azabiga duchor bo'ladi. Allohning g'azabi esa o'ta shiddatlidir.

Adolat aslida nima degani? Bu so'z arabcha "adl”dan olingan, "adl” lug'atda «to'g'rilik, mustaqimlik, haqqoniylik, odillik» ma'nolarini ifoda etadi. Ulamolar istilohida esa inson nafsidagi gunohlardan va muboh pastkashliklardan uni qaytaradigan malaka, haq egasiga haqqini berishga intilish «adolat» deb atalgan. Buning aksi zulm, g'adr, insofsizlikdir. Alloh taolo bizni adolatli bo'lishga chaqirgan. Shuning uchun inson har bir harakatini mezon va adolat doirasida qilishga intilishi lozim. Har ishda odil bo'lish, zolim bo'lmaslik, haqsizlik qilmaslik juda ahamiyatli, go'zal axloqdandir.

Musulmon kishi xotiniga, farzandiga, qo'shnisiga, xalqiga, o'ziga va butun insoniyatga ishda ham, boshqa har qanday munosabatlarda ham adolatli bo'lishi kerak. Chunki Alloh taolo adolatga – islomiy mutlaq adolatga buyurgan. Bu adolatga ko'ra, har bir shaxsga, jamoatga va har bir qavmga odilona muomalada bo'linadi, havoyi nafsga, do'stlik yoki dushmanlikka, nasabga, qudachilik yoki qarindoshlikka, boylik yoki kambag'allikka, kuchlilik yoki zaiflikka qarab muomala qilinmaydi. «Bir soatli adolatli hukm qirq yillik ibodatga tengdir» mazmunida hadisi sharif bor. Bu, dushmanga nisbatan ham adolatli bo'lish kerak, deganidir.

Musulmonlar jamiyat hayotining barcha jabhalarida adolatli bo'lishga buyurilishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa jannat ahlidir: adolatga muvaffaq bo'lgan podshoh; qarindoshlari va musulmon birodarlariga rahmli hamda qalbi yumshoq kishi; bolalari ko'p va o'zi muhtoj bo'lsa-da tilanchilik qilmaydigan kishi», dedilar.

Adolatsizlik eng yomon xulqlardandir. Dunyoning butun tizimi va martabasi adolat bilan qo'lga kiritiladi. Islom hukdorlarining aksari, xususan xalifalardan Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Umar ibn Abdulaziz, Marvon ibn Abdulmalik, Horun ar-Rashid va boshqalar o'ta adolatparvarliklari bilan mashhur bo'lishgan.

Biz Allohni aql bilan emas, qalb bilan his etamiz. Suvga tashnalik suvning mavjudligini isbotlagani kabi adolat uchun intilishimiz – ana shu adolatning mavjudligiga bizning dalilimizdir. Yer yuzida adolat yo'q bo'lsa ham, u tantana qilishi kerak. Bu esa faqatgina oxiratda, adolatli Qozi-Hakam huzuridagina amalga oshadi.

Alloh hamisha faqat adolatga da'vat etadi va adolat  joriy bo'lishi bilangina mamnun bo'ladi. Unda Alloh nega yer yuzida adolat o'rnatmaydi, zolimni, qotilni, o'g'rini darrov jazolamaydi, deysizmi? Shuning uchunki, Alloh bizlarning ozod, erkin bo'lishimizni istaydi. Agar bizlarda to'g'ri va noto'g'ri ishlardan, itoat va gunohkorlikdan birini tanlash ixtiyori bo'lmaganida, erkimizning zarracha ma'nosi qolmas edi. Alloh taolo hammani solih va itoatkor qilib qo'yishga qodir Zot, lekin buning uchun U bizning ixtiyor-erkimizni tortib olishi kerak bo'ladi. Alloh taoloning qoidasida yozilganiday, erk naqadar achchiq bo'lmasin baxtli qullikdan afzalroqdir. Shuning uchun Alloh taolo bizni adashadigan, kasal bo'ladigan, izlanadigan qilib qo'ydi. Bu donolik esa turli yovuzlik, zulmga, ba'zan esa adolatsizlikka ham yo'l qo'yadi. Shuning uchun ham Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Agar Alloh odamlarni ular qilgan bor gunohlari bilan jazolasa edi, yerda biron jonzotni qo'ymagan bo'lur edi. Lekin U zot ularni (jazolashni) belgilangan muddatgacha qoldiradi» (Fotir surasi, 45-oyat).

Anushirvon bunday deydi: «Bir voqea mening adolat borasida ibratlanishimga sababchi bo'ldi. Yigitlik vaqtimda bir kuni ovga chiqdim. Qonim qaynoq bo'lgani uchun otimni har tomonga choptirardim. Piyoda kelayotgan bir kishi tosh otib, bir itning oyog'ini sindirdi. U odam bir necha qadam bosar-bosmay mening otim tepib, uning ikki oyog'ini sindirdi. Keyin otim bir xarsang toshga qoqilib, ikki oyog'ini sindirib oldi. Men ketma-ket bo'layotgan bu voqealarni ko'rgach, o'zimga o'zim: «Ko'rdingmi, ular nima qilishdi va nimani ko'rishdi? Kim yaramas bir ishni qilsa, o'zi istamagan ishni albatta ko'radi», dedim va bu voqeadan ibrat oldim».

Rivoyatlarda kelishicha, payg'ambarlardan Muso alayhissalom Parvardigorga: «Menga bir adolatingni ko'rsat» deb yolboravergach, U: «Mana shu tog' etagiga borib o'tir, adolatimni ko'rasan», debdi. Hazrati Muso aytilgan yerga borib, to'rt tomonga tikilib o'tirdi. Uzoqda bir otliq kishi paydo ko'rindi. Suvoriy otini choptirib kelib, tog'dan tushayotgan bir chashmadan otini sug'ordi. O'zi ham tashnaligini qondirdi, kiyimlarini va hamyonlarini yerga qo'yib, yuz-qo'lini yuvdi. Biroz hordiq chiqargach, kiyinib, otiga minib yo'lga tushdi. Ammo hamyonini unutib qoldirdi. Ko'p o'tmay buloq yonida bir bola paydo bo'ldi. U ham suvdan ichdi, yuz-qo'lini yuvdi. Ketayotganida hamyonni ko'rib qolib, uni cho'ntagiga solib, o'ynoqlaganicha buloqdan uzoqlashdi. Shu payt bir ko'r kishi hassasini do'qillatib kelib qoldi. U ham paypaslay-paypaslay buloqni topib, suvidan tashnaligini qondirib, yo'liga ketdi. U hali ko'zdan yo'qolmay, hamyonini unutib qoldirgan suvoriy paydo bo'ldi. U kelasolib, buloq atrofidan hamyonini qidirdi. Topa olmagach, uyoq-buyoqqa alanglab nariroqda ketayotgan ko'rni ko'rib qoldi. Uni quvib borib, yoqasidan oldi: "Qani, topib olgan hamyonni buyoqqa cho'z-chi!” "Nimalar deyapsiz, qanaqa hamyon? Men hech qanday pul-mul ko'rganim yo'q”. "Boya shu yerda hamyonimni unutib qoldiribman. Bu yerda sendan boshqa hech kim yo'q, demak, uni sen olgansan…”, bo'sh kelmadi otliq. Suvoriy alamidan qaysarlik bilan tonib turgan ko'rni o'ldirdi. Bu holni ko'rib turgan Muso alayhissalom Parvardigorga munojot qildi: «Ey Robbiy, men guvoh bo'lgan voqea adolatdan emas, chunki hamyonni bola olgan edi, Sen esa begunoh ko'rni o'limga hukm qilding!». Shunda U zot bunday dedi: «Ko'rganlaringning bari adolatimdandir! Otliqqa hamyonini unuttirdim, bola kelib uni topib oldi. Chunki hamyon bolaning haqqi edi: otliq bir vaqtlar bolaning otasidan bir hamyon oltin qarz olib, vaqtida bermagan edi. So'ng bolaning otasi o'ldi, otliq bola bo'lgan ishlardan bexabar, deb qarz olganidan tondi va oltinlarni bolaga qaytarmadi. Mana, adolatimga ko'ra bola haqini oldi. Ko'r esa bir vaqtlar otliqning otasini o'ldirgan edi, suvoriy otasining qotilini o'ldirib, qasos oldi va bu ishda ham adolatim ado etildi».

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi hajga bordi. U juda e'tiborli kishi bo'lgani uchun o'nlab xizmatkorlar unga hamroh edi. Tavof asnosida xizmatkorlar bu zodagon kimsani ulug'lab, odamlarni unga yaqinlashtirmas edi. O'sha zodagon haj amallarini tugatgach, o'z shahriga qaytib keldi. Ushbu qissani rivoyat qiluvchining aytishicha, "Biroz muddat o'tgach, o'sha badavlat bo'lgan kimsaga o'xshagan bir kishini Bag'doddagi bir ko'prik oldida ko'rib qoldim. Lekin bu kishining ahvoli juda nochor edi. U odamlardan yordam so'rab, tilanib turardi. Uning oldiga borib, tikilibroq qarasam, u: «Nima uchun menga bu darajada qattiq tikilib qarayapsan?» dedi. Men: «Men oldin bilgan bir kishiga o'xshar ekansan», desam, u: «O'sha kishi menman», dedi. Men: «Kim seni bu ahvolga solib qo'ydi?» desam, u: «Men odamlar tavozu' qiladigan Ka'bada takabburlik qilibman. Ka'ba atrofida tavof qilishda kibru‑havoga yo'l qo'ymaslik kerak ekan. Ushbu makonda garchi podshoh bo'lsang ham qul bo'lib turishing kerak ekan. Men odamlar tavozu' qiladigan o'rinda takabburlik qilgan edim, Alloh meni odamlar yuqori maqomda bo'ladigan yurtimda xor insonga aylantirib qo'ydi», dedi.

Alloh taoloning go'zal ismlariga jo bo'lgan barcha sifatlari  ma'nosi shu dunyodayoq ro'yobini topadi. Ammo Adl ismi juz'iy holda amalga oshadi. Ya'ni, Alloh taolo ba'zi yovuz kimsalarni qolganlarning yovuzlikdan va zulmdan to'xtashi uchun azoblaydi. Ba'zi yaxshi kimsalarni esa qolganlarni shijoatlantirish uchun mukofotlaydi. Lekin mukofotning naqdi Qiyomat kuni bo'ladi. Alloh bu haqda: «Qiyomat kuni ajrlaringizni to'lig'icha olursiz» (Oli Imron surasi, 185‑oyat) degan.

Allohning "al-Muqsit” sifati Alloh taologa nisbatan ishlatilsa, "hukmida adolatli” degan ma'noni beradi. Muqsit – mazlum uchun zolimdan haqqini olib beruvchi, deganidir. Bir banda boshqa bir bandaga zulm qilsayu, Alloh mazlumga zolimdan haqqini olib bersa, zolim zulmidan qaytib, Allohga tavba qilsa, demak Alloh zolimga ikrom ko'rsatibdi. Alloh taolo: «Agar hukm qilsang, oralarida adolat bilan hukm qil. Alloh adolat qiluvchilarni sevadi», deb aytgan (Moida surasi, 42‑oyat).

Inson boshqa bir kishini telbalarcha sevib qolishi, aksincha boshqa kishini telbalarcha yomon ko'rib qolishi mumkin. Lekin insof unga adolat bilan yaxshi ko'rib, adolat bilan yomon ko'rishni taqozo qiladi. Ba'zi odamlar biror kishini yaxshi ko'rib qolishsa, uning barcha ayblarini berkitishadi. Bordiyu, biror kimsani yomon ko'rib qolishsa, barcha fazilatini yashirishadi. Bu holat ham adolatsizlik va zulm turlaridan biridir.

Ahli donishdan biri aytadi: "Bir do'stim: «Mening ikki o'g'lim bor, biri fosiq va ikkinchisi solih. Men solih o'g'limga fosiqqa qaraganda ko'proq nasiba ajrataman», dedi. Men hech ikkilanmay: «Bunday qilma! Agar ikkinchisiga zulm qilsang uni gunohda bardavom bo'lib, oqpadar bo'lishiga sababchi bo'lasan. Sen bu ikkisi orasida adolatli bo'l, shunda bergan narsangga ham baraka ato qiladi», dedim”.

Allohning adliga dalolat qiluvchi yana bir rivoyatni eshiting: Bir kishi xotini bilan tovuq yeb o'tirgan edi, eshik taqillab qoldi. Xotini borib qarasa, tilanchi ekan. Xotin tilanchiga o'sha ovqatdan berishni xohlagan edi, eri jerkib, xotiniga qattiq tegdi: «Tilanchini eshik oldidan haydab yubor». Xotin uni haydab yubordi. Keyinchalik er‑xotinning orasiga sovuqlik tushib, er xotinini taloq qildi. So'ngra boshqa kishi sovchi qo'yib, o'sha xotinga uylandi. Kunlarning birida xotin ikkinchi eri bilan tovuq yeb o'tirgan edi, eshik taqillab qoldi. Xotin eshikni ochish uchun borsa, tilanchi ekan. Xotin tilanchini ko'rgach, qiyin ahvolga tushib qoldi. Eri: «Eshikni taqillatgan kim ekan?» desa, xotin: «Avvalgi erim!» dedi. Shunda ikkinchi eri: «Avvalgi kelgan tilanchi men edim!» dedi.

Islom mustabidlarning adolatsizligini tag-tomiri bilan tugatish uchun paydo bo'ldi, u zolim hukmdorlar uchun inqilobga aylandi, quldorlarga qarshi qilich bilan urush ochdi. Qur'oni karim islomiy adolatning keng ko'lamli qonunlariga bo'ysunishga da'vat etadi, seni xo'rlasalar o'ch olishga ruxsat beradi, lekin marhamatli bo'lish, kechirishni ham taqdirlaydi. Shuning uchun Qur'oni karim musulmonlarga qarata: «… sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo'lishingiz va payg'ambar sizlarning ustingizda guvoh bo'lishi uchun o'rta (adolatli) bir millat qildik» (Baqara surasi, 143-oyat), degan. Haqiqatan Islom har bir kishi uchun eng adolatli o'rtacha hukmni tanlagandir.

Mustahkam ilohiy tartiblar va qattiq qonunlar amalda bo'lgan ushbu olamda bir insonning goho qozini sotib olib yoki mirshablarni ustalik bilan chalg'itib jazodan qutulib qolganini yoki zolim hukmdorlarning qilishiga yarasha jazo olmay qolishini ko'rib, tasavvurimizda adolatsizlik bo'layotganga o'xshaydi. Ammo aql-idrok, sog'lom mantiq ularning qilmishlariga yarasha jazo olishlariga, ulardan albatta intiqom olinib, adolat qaror topishiga ishonadi va shubha bildirmaydi. Adolat to'la tantana qiladigan yana bir boshqa dunyoning, oxiratning bo'lmasligi mumkin emas! Aql-idroq va vijdon shunday deydi va shuni ta'kidlaydi. Haqiqat, adolat bu foniy dunyoda bo'lmasa ham hamma narsa adolat tarozusiga solinadigan soatlarning yetib kelishi muqarrar. Mana shu alomatlarning barchasi isbotlab, tasdiqlab turibdiki,  adolat qasosi oxiratda albatta ro'yobga chiqajak!

Manba: www.horazm.net -Saytdan olindi.

Ushbu ma'lumot dan olindi!


Категория: HIKOYALAR / ХИКОЯЛАР | Ko'rganlar:: 12 | Добавил: www.horazm.net | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Izohni foydalanuvchilar qo'sha oladi. Marhamat ro'yhatdan o'ting yoki saytga o'z loginingiz bilan kiring. / Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.

Регистрация
SAYTGA KIRISH
Логин:
Пароль:
MALUMOT IZLASH

-------


Yangi Musiqalar:

Корзина
Ваша корзина пуста
FOYDALI MASLAHATLA











Мини-чат
BEPUL REKLAMA

>>> REKLAMA QO'SHISH
YANGI KINO FILMLAR










Календарь
«  Май 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
1) www.SheJoT.CoM - Universal PortaL
2)
 www.Zamonaviy.CoM - Zamon bilan hamnafas!

 www.UzbKino.NeT - O'zbek kinolari va Dunyo kinolar olami!
3) Musiqalar olami - Eng yangi va qaynoq qo'shiqlar olami
4) www.SherlarUz.CoM - SMS Sherlar, Sevgi, Do'stlik va h.k
5) www.Sherlar.org - SEVGI SMS SHERLAR

Copyright horazm.net / БеПуЛ.НеТ © 2019 - 2013

Яндекс.Метрика