2020/2021 o’quv yili uchun talabalar o’qishini ko’chirish jarayoni qanday tartibda o’tkaziladi?
AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollarga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashev javobi:
2020/2021 o’quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o’qishini ko’chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi);
6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko’rib chiqilib qaror qabul qilinadi.
Hozirgi kundagi karantin tadbirlari sababli o’qishni ko’chirish jarayonlari muddatlarida o’zgarishlar bo’lgan taqdirda vazirlikning rasmiy sayti (www.edu.uz) va telegramm kanali (@edu.uz) orqali e’lon beriladi.